O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-aprel kuni Toshkentda Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amaldagi ijrosini muhokama qildi. Suhbat markazida savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar bo‘ldi.
Shuningdek, Prezidentlar administratsiyalari o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tilishicha, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!