Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroni aldash yo‘li bilan pul mablag‘ini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan. Xodim go‘yoki bo‘lim boshqa joyga ko‘chirilishini aytib, bo‘shaydigan bino va yer maydonini tanishlari orqali auksionda olib berish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 2 ming AQSh dollari va 12 million so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!