Namangan va Toshkent viloyatlarida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, “Boyog‘on” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.S. jami 4 000 AQSh dollarini fuqaro X.M.ga 45,6 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 2 200 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Qibray tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Do‘rmon” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.M. va M.A. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro O.N.ga 39,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!