$
12020.90 UZS
17.72
155.49 UZS
-1.19
13988.72 UZS
1.41
31° Kechasi 18°

Zaharlanayotgan Boysun

16:02 / 22.11.2024

Mana ikki yarim oydirki Boysun aholisi zaharli gazdan qiynalyapti. Sentyabr oyida boshlangan mazkur texnogen hodisaga 2 yarim oydan oshdi. Bu orada yozayotgan va gapirayotgan jurnalistlar ham biroz tin oldi. Xo‘sh, Boysunda vaziyat qanday?

Shu yilning 1-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish jarayonida texnologik jarayonning buzilishi natijasida vodorod sulfid gazi sizib chiqqani tasdiqlangan edi. Oradan 15 kun o‘tib, quduq germetiklangani ta’kidlandi. Shundan so‘ng boysunliklarning joniga biroz oro kirdi. Oradan 2 kun o‘tib aynan o‘sha quduqdan yana gaz chiqishni boshladi. Mazkur holatdan keyin 4 kishi halok bo‘lgani va 11 kishi jarohat olib shifoxonaga joylashtirilgani ta’kidlangandi. Mana 2 oydan oshiq vaqt davomida kon atrofidagi aholi mazkur zaharli gazdan aziyat chekmoqda. Kimdir ko‘chib ketdi kimdirlar taqdiriga ko‘nib, sog‘ligini o‘rtaga qo‘yib yashab kelmoqda. Zaharli gazdan asosan xasta qariyalar, bolalar va homilador ayollar qiynalmoqda. Ular bugungi kunda kollej yotoqxonalariga joylashtirilgan. Aholi vakillari hali qishga tayyorgarlik ko‘rmaganini va ko‘chib yurishlar juda ham qiyinlik qilayotganini ta’kidlashmoqda.

Mutasaddilar tomonidan mazkur muammo bartaraf etilishi haqida esa turlicha sanalar aytilmoqda. Xususan, 1 oycha oldin Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Lolazor” podcastida quduq hali yopilmaganini u yerda mutaxassislar ishlayotgani, AQShning texnogen holatlar bo‘yicha mutaxassislariga ega bo‘lgan 3 ta kompaniyasi Ozarbayjonning Socar kompaniyalaridan ishchi guruhlar kelganini va ular ushbu muammo ustida ish olib borayotganini aytgan va ishchi guruh 2-3 kunda yopishga harakat qilib ko‘radi agar yopolmasa keyingi reja bilan ishlanadi va bu 2-3 oy vaqt oladi degan edi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek quduqdan gaz chiqib boshlaganiga 2 oydan oshdi. Aholi vakillarining Gazeta.uzga bergan intervyusida ta’kidlanishicha, yoshi katta, yurolmaydiganlar qishloqdan chiqmagani va haliyam gazlanib yotibdi. Eng achinarlisi oldinda butun qish turibdi. Gazdan qochgan aholi vakillari esa unga umuman tayyorgarlik ko‘rmagan. Mutasaddilar esa mazkur holat bo‘yicha hech qanday tayyorgarlik ko‘rmayapti shekilli oldindagi qish, kondagi holat bo‘yicha hech qanday ma’lumot berilmayapti.

Uyini tashlab Boysun atrofidagi qishloqlarga vaqtincha ko‘chib ketgan odamlarning aytishicha, odatda qishga tezaklar bilan tayyorgarlik ko‘riladi. Ammo ular bu yil ularni ham qilishga ulgurmagan, uyiga borsa gazlanib qolyapti bormasa ko‘p ishlari orqaga surilib ketyapti.

Shu o‘rinda savollar tug‘iladi. Kunlar sovib, sovuq qishning nafasi sezilib qolgan bir paytda boshqa uylardan qo‘nim topgan boysunliklar qishda nima qiladi? Ularning uyi, moli, qolib ketayotgan daromadli ishlari nima bo‘ladi? Avariyaga uchragan kon qachon yopiladi? Rasmiylardan munosabat va ijobiy tomonga o‘zgarishlarni kutib qolamiz.

Tayyorladi: Ilyos Boltayev


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev Paragvay Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Paragvay Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Pe…
17:55 / 11.12.2025

														
														12-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

12-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:32 / 11.12.2025

														
														Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank 2025-yil 11-dekabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy stavkani 14 foizda saqlash to‘g‘risida qaror qildi.
17:17 / 11.12.2025

														
														“Daily Ittehad” gazetasi muxbirining “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans — taraqqiyot konsepti” nomli kitobi chop etildi

“Daily Ittehad” gazetasi muxbirining “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans — taraqqiyot konsepti” nomli kitobi chop etildi

Kitob muallifi Pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xon tahririyatning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlar…
17:02 / 11.12.2025

														
														Havo ifloslanishiga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda

Havo ifloslanishiga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda

Reyd tadbirlari davomida tadbir boshidan jami 3222 ta obyektning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talabl…
12:28 / 11.12.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Rais…
11:41 / 11.12.2025

														
														Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlar bartaraf etiladi

Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlar bartaraf etiladi

Bunda tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bodi-kameradan foydalangan holda amalga oshiriladi.
09:48 / 11.12.2025

														
														Poytaxtni va ba'zi viloyatlarni tuman qoplaganligi sababli "O‘zgidromet" muhim ma'lumot bilan chiqdi

Poytaxtni va ba'zi viloyatlarni tuman qoplaganligi sababli "O‘zgidromet" muhim ma'lumot bilan chiqdi

Maxsus komissiya topshirig‘iga muvofiq, aholini atmosfera havosining holati haqida operativ axborot bilan ta’minlash maqsadi…
23:35 / 10.12.2025

														
														1-yanvardan to‘lov uchun yagona QR-kod tizimi joriy etiladi

1-yanvardan to‘lov uchun yagona QR-kod tizimi joriy etiladi

2026-yil 1-iyuldan boshlab yagona QR-kodli tizim orqali to‘lovlarni qabul qilish savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barch…
17:48 / 10.12.2025

														
														1,6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi va sertifikati bo‘lmagan dorilar aniqlandi

1,6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi va sertifikati bo‘lmagan dorilar aniqlandi

DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan Davlat chegarasi orqali giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarin…
17:45 / 10.12.2025

Bu ham qiziq

12-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

12-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:32 / 11.12.2025
11-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-dekabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mu…
15:30 / 10.12.2025
10-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

10-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:08 / 09.12.2025
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq kuchga kirdi

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq kuchga kirdi

2024-yil noyabrida qabul qilingan qonun bugun, 10-dekabrdan boshlab kuchga kirdi.
18:03 / 10.12.2025
“Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi antipatiya sababli muzokaralar qiyin kechmoqda” – Tramp

“Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi antipatiya sababli muzokaralar qiyin kechmoqda” – Tramp

Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar qiyin kechayotganining sababini aytdi. AQSh Prezidenti Donald Tramp, Rossiya Prezidenti V…
17:30 / 09.12.2025
1-yanvardan to‘lov uchun yagona QR-kod tizimi joriy etiladi

1-yanvardan to‘lov uchun yagona QR-kod tizimi joriy etiladi

2026-yil 1-iyuldan boshlab yagona QR-kodli tizim orqali to‘lovlarni qabul qilish savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barch…
17:48 / 10.12.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Rais…
11:41 / 11.12.2025
Al-Azhar va O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik

Al-Azhar va O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik

Bosh imom shayx Ahmad at-Tayyib O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish …
12:01 / 10.12.2025
Saida Mirziyoyeva “Al-Azhar” majmuasi Bosh imomi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “Al-Azhar” majmuasi Bosh imomi bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida tinchlik, o‘zaro anglashuv va inson qadr-qimmatini yuksaltirish orqali mukofot missiyasini amalga oshiris…
09:56 / 10.12.2025
Havo ifloslanishiga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda

Havo ifloslanishiga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda

Reyd tadbirlari davomida tadbir boshidan jami 3222 ta obyektning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talabl…
12:28 / 11.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!