“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat boshqarmasi hamda “Hududgaz Namangan” GTF hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, Namangan tumanida fuqaro “A.I.”ga tegishli novvoyxonada hech qanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 473 million so‘m miqdorida iqtisodiy zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!