Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanbada esa yana 2–3 darajaga pasayadi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, juma va shanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda 16-avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 15–16-avgust kunlari asosan +30 …+35 daraja, janubda +38 darajagacha bo‘ladi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 2–3 darajaga pasayadi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida juma, shanba kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–15 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari +19…+21 daraja, kunduz kunlari 15–16 avgustda +32…+35 daraja, 17-avgustda +28…+30 daraja bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!