Qatar hukumati inson huquqlarini buzganlikda ayblanmoqda.
Britaniyaning YouGov xalqaro bozor tadqiqoti va maʼlumotlar tahlili kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, nemislarning 48 foizi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida mezbon mamlakatda sodir etilgan inson huquqlari buzilgani uchun terma jamoa Qatardagi musobaqani tark etishi kerak, deb hisoblaydi.
Bu fikr, shuningdek, mamlakatda qonun bilan taqiqlangan LGBT hamjamiyatiga nisbatan kamsitish haqidagi xabarlar bilan bog‘liq.
Respondentlarning atigi 28%i Germaniyaning JCh-2022da ishtirok etishini maʼqullagan, 24 %i esa variantlardan birini tanlamaslikni va berilgan savolga izoh bermaslikni maʼqul koʻrgan.
Bavariya parlamenti sport bo‘yicha federal komissiya tinglovlarida vaziyatni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!