Ukraina Oliy radasining gumanitar va axborot siyosati qoʻmitasi mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiyga murojaat qilib, Nikolay Baskov, Filipp Kirkorov, Ani Lorak, Svetlana Loboda, Igor Krutoy va boshqa bir qator ijodkorlarni “Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvonidan mahrum qilishni taklif etdi.
Murojaat xati “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi raisi oʻrinbosari Yevgeniya Kravchuk tomonida Facebook sahifasida eʼlon qilingan.
Murojaatda ukrainalik koʻplab ijodkorlar mamlakatni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻllaridan kelgan barcha ishni qilayotganlari, ayrimlar esa oʻz qadriyatlarini qonli rubl evaziga sotayotgani, urushga jim qarab turgani va Ukrainaga qarshi tajovuzni qoʻllab-quvvatlayotgani taʼkidlangan.
Roʻyxatga kelib chiqishi ukrainalik xonanda Ani Lorakning kiritilgani koʻpchilikni hayratga solmadi. U Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan keyin holatga nisbatan hech qanday munosabat bildirmagan, shunchaki sukut saqlab turishni afzal bilgan.
Faxriy unvonlaridan mahrum etilishi taklif qilinganlar orasida Svetlana Lobodaning borligi esa kutilmagan yangilik boʻldi. U bir necha bor videomurojaatlar orqali Ukrainadagi urushni toʻxtatishni soʻrab chiqqan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!