$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Nizomiy”ning “zamdekan”iga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi buzildi. Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar nega jim?..

13:18 / 21.12.2021

Bugun, 21-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Toshkent yoshlar forumi–2021” doirasida Ayollar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda qator spikerlar qatnashishi va ularning jamiyatda xotin-qizlar o‘rni haqida ma’ruza o‘qishlari rejalashtirilgan.

Forum doirasida so‘z olgan dastlabki spiker bir muddat oldin Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetida sodir bo‘lgan “zamdekan mashmashasi”da asosiy ishtirokchilaridan biri Mushtariy Kamilovaga so‘z berdi.

Mushtariy Kamilova o‘z chiqishida mazkur voqeaga keng to‘xtalib, o‘z orzulariga yetishishida bu voqea to‘g‘anoq bo‘lganini aytadi. U shuningdek, ayni paytda tergov ishlari tugamagan jinoyat ishi doirasida ayblovni to‘liq ikkinchi tomon (Pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari, -tahr.)ning zimmasiga yuklaydi.

“Do‘stlarim, sevimli ishim, o‘qishim va kelajak uchun katta rejalarim bor edi. Lekin 2021-yilning 18-oktyabr kuni sanoqli soniyalarda hammasini yo‘qotdim.

Mening orzularim va xayotimni o‘g‘irlagan inson ismi — Yuldashbek Bog‘abayev. Mening universitetimda dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan, mening nomusimga tegishga harakat qilib, so‘ng derazadan uloqtirdi. O‘sha paytda biron suyagim omon qolmagan deb o‘yladim, og‘riq shu qadar kuchli edi. Ba’zan, hozir uyg‘onaman-u, barchasi oddiy tush ekanligi bo‘lib chiqadiganday tuyuladi”, – deydi u.

Xabardor.uz IIV Matbuot kotibi Sh.Gʻiyosovdan mazkur jinoyat ishining tugallangan yoki tugallanmagani yuzasidan javob oldi va unga ko‘ra, ayni paytda “materiallar sudga berilishi kutilyapti. Bunday ishlar odatda yopiq ko‘riladi (yopiq sud majlislarida, -tahr.).”

Tahririyatning, mazkur jinoyat ishini sodir bo‘lgan kunidan boshlab kuzatib kelayotgan sababli, Mushtariy Kamilovaning bugungi chiqishi yuzasida hamda uni forumda ishtirok etishini xohlagan tashkilotlarga qator savollari paydo bo‘ldi.

– Bu holatda Yuldashbek Bog‘abayevga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi buzilmayaptimi?

– Nega sud hukmidan avval “zamdekan”ga nisbatan ayblov ikkinchi tomon tilidan ommaga singdirilyapti yoki hukm allaqachon tayyormi?!

– Tashkilotchilar mamlakatda ayollar huquqlarini tiklash uchun “jabrdiydalar”ni topishdi nega no‘noqlik qilishdi yoki respublikada haqiqatda jabr ko‘rgan xotin-qizlar kammi?

Ma’lumot uchun:

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. (Konstitutsiya 26-modda)

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. (Jinoyat kodeksi 23 modda)

Bundan tashqari, JPKning 84,  454-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismi, Oliy sud Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli "Sud hukmi to‘g‘risida"gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi, Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli "Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisida ham aybsizlik prezumpsiyasiga oid tartiblar belgilangan.


Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!