$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Nukusda bronxospazmni aniqlashning yangicha usuli yo‘lga qo‘yildi

16:44 / 26.02.2023

Sog‘lini saqlash vazirligining xabar berishicha, Nukus shahrida ilk bor bronxospazmni yuzaga keltirish orqali tekshirish usuli yo‘lga qo‘yildi.

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikovaning qayd etishicha, dunyoda allergik kasalliklarning o‘ta og‘ir kechuvchi yangi turlari ko‘paymoqda. Bu ekologik muammolar, noto‘g‘ri ovqatlanish, dori vositalarini haddan tashqari ko‘p qabul qilish, kam harakatlik kabi qator omillar bilan bog‘liq.

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi ana shunday xastaliklarni profilaktika va diagnostika qilish hamda davolashga ixtisoslashtirilgan. Bemorlar uchun 45 o‘rinli statsionar, konsultativ tashxis qo‘yish poliklinikasi, allergologiya, laboratoriya, fizioterapiya bo‘limlari, “astma va allergiya maktabi” faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘tgan yili qonda bir vaqtning o‘zida 90 turdagi allergenga nisbatan maxsus va umumiy immunoglobulinlarni aniqlash imkonini beruvchi “Protia Allergy-Q90” – IFA multipleks diagnostik tekshiruv usulini yo‘lga qo‘yildi. Teridan olingan materiallardan “Demodex folliculonum” va qo‘tir tanachalarini aniqlash usullari joriy qilingan.

Bundan tashqari, Italiyada ishlab chiqarilgan “Alisei” diagnostika avtomat analizatoridan foydalanilmoqda. U orqali eng ilg‘or deb hisoblangan “in vitro” usulida bir paytning o‘zida 200 dan ortiq allergenlarni aniqlash imkoniyati mavjud.

Zamonaviy diagnostika va davolash usullari hududlarda ham amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.

Xususan, Nukus shahrida atopik sindromni erta aniqlash, tashxislash usullarini joriy etish loyihasi ro‘yobga chiqarilib, “Allergiya va astma” maktablari tashkil qilingan.

Shuningdek, markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali va Nukus shahri ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ilk bor tashqi nafas tizimiga allergenlar ta’sirini provakatsiya, ya’ni allergenlar yuborilganda bronxospazmni yuzaga keltirish orqali tekshirish usuli yo‘lga qo‘yilgan.

Bronxial spazm bu bronxlar silliq mushaklarining nazoratsiz qisqarishi bo'lib, u insonning hayotiga tahdid soladi. Spazm paytida kichik bronxlar va bronxiolalar torayadi, bu kislorod oqimini, shuningdek, tanadan karbonat angidridni chiqarib tashlash jarayonini qiyinlashtiradi. Odam nafas olishda muammolarga duch keladi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!