$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

Odam o‘limiga sabab bo‘ladigan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

09:37 / 27.03.2025

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini buzgan holda loyihalashtirganlik, rekonstruksiya qilganlik va qurganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bunda jinoiy javobgarlik aybdor shaxslar ushbu huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortib bo‘linganidan keyin yuzaga keladi. Odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan tarzda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik kiritilmoqda.

Shuningdek, qonunchilikni buzgan holda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan o‘zgartirish yoki buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirish doirasida beriladigan ko‘rsatmalarini buyurtmachilar tomonidan bajarmaganlik, shuningdek obyektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurganlik uchun javobgarlikni belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek, shaharsozlik sohasidagi qoidabuzarliklar uchun solinadigan jarimalar miqdorlarini ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 


Bu ham qiziq

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
11:51 / 17.05.2025
Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektoridan 1 million falastinlikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmo…
13:53 / 17.05.2025
Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab soat 07:00 dan 21:00 gacha shahar ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini qo‘l…
20:08 / 16.05.2025
O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuq…
20:04 / 16.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘ch…
10:09 / 16.05.2025
17-19-may kunlari ayrim hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

17-19-may kunlari ayrim hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumk…
12:46 / 16.05.2025
Bosh vazir Neft va gaz forumi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Bosh vazir Neft va gaz forumi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Toshkentda “O‘zbekiston nefti va gazi” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Perm o‘lkasi (Ross…
18:46 / 15.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
21:45 / 15.05.2025
“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”– Mirziyoyev

“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”– Mirziyoyev

Maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rinlar yaratilgan.
13:57 / 15.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!