Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy bo‘linmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta noqonuniy holatlar aniqlandi.
Toshkent viloyatida fuqarolar tomonidan “Bessopan” sanoat maydonidan tarkibida oltin bo‘lgan 5 200 kg ma’danli toshlar noqonuniy qazib olinib, umumiy qiymati 569,8 mln so‘mga teng 315,1 gramm oltin modda aniqlangan holda dalil sifatida olindi.
Shuningdek, Navoiy viloyatining Konimex tumanida fuqarolar oltin izlovchilar usulida maxsus uskunalar yordamida oltin aralash qum va toshlarni qazib olayotgani aniqlangan.
Yana bir holatda Xatirchi tumanida va Zafarobod MFY hududida xonadonlarda qum va toshdan oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslardan umumiy 460 kg ga yaqin oltin zarrachalari bo‘lgan materiallar dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!