Toshkent shahrida Uchtepa tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish va javobgarlikka tortish masalasini “hal qilib berish” evaziga pul talab qilgan.
Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvda ushbu holat bo‘yicha avvalroq jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgani ham aniqlangan.
Hozirda inspektorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!