$
11801.23 UZS
-22.46
136.73 UZS
-3.01
13737.81 UZS
-59.25
31° Kechasi 18°

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

14:19 / 13.05.2025

Hozir biz ijtimoiy tarmoqlar nafaqat muloqot maydoni, balki jamoatchilik fikrini shakllantirishning muhim vositasiga aylangan o‘ziga xos sharoitda yashamoqdamiz. Bloglar qimmatli axborot manbaiga, internet-do‘konlar esa savdo sohasida yetakchi o‘rinni egallab, millionlab odamlarning asosiy xarid markaziga aylandi. Biroq raqamli dunyo taqdim etayotgan cheksiz imkoniyatlar bilan bir qatorda, biz zudlik bilan e’tibor qaratish va hal etishni talab qiladigan jiddiy muammolarga duch kelmoqdamiz.

Bugungi kunda 4,9 milliarddan ortiq kishi, ya’ni Yer shari aholisining 60 foizdan ko‘prog‘i internetdan faol foydalanmoqda. O‘zbekistonning o‘zida hozirgi kunda 30 milliondan ortiq kishi internetdan foydalanadi, bu mamlakat aholisining 80 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Shu bilan birga, internetning jadal rivojlanishi firibgarlik, kiberhujum, shafqatsizlik va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish holatlari ko‘payishiga olib keldi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqish xavfini oshirdi.

Ushbu tahdidlar sharoitida va global tendensiyalarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi raqamli makonda foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘ymoqda. Xususan, mamlakatimizda “Onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlandi. Ushbu qonun foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qiladigan va huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni aniq belgilaydigan xavfsiz hamda mas’uliyatli raqamli muhitni yaratish uchun asos bo‘ladi.

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?

Qonun loyihasi raqamli platformalar va veb-saytlarga bir qator majburiyatlar yuklaydi. Avvalo, onlayn platformalar soxta xabarlar, giyohvand moddalar reklamasi yoki haqoratli materiallar kabi noqonuniy kontentni tezkorlik bilan olib tashlashlari shart. Masalan, agar foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqda shunday postni ko‘rib, bu haqda xabar bersa, platforma uni darhol o‘chirishi lozim bo‘ladi.

Qonun loyihasi veb-saytlar uchun ham majburiyatlar belgilaydi. Birinchidan, ular o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq olib borishlari kerak. Ikkinchidan, veb-saytlar shaxsning huquq va erkinliklarini, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart. Bu anonim xabarlar va insonning qadr-qimmatini kamsituvchi materiallar tarqalishiga qarshi kurashishga yordam beradi.

Bundan tashqari, veb-saytlar noqonuniy kontent joylashtirilishi va tarqatilishining oldini olishlari lozim. Bunday kontent aniqlangan taqdirda, sayt ma’muriyati uni zudlik bilan o‘chirishi shart.

Ushbu normativ-huquqiy hujjat loyihasi onlayn platformalar va veb-saytlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun bir qator ma’muriy va jinoiy jazo choralarini nazarda tutadi:

 

Birinchidan, onlayn platformalar va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

 

Ikkinchidan, vakolatli organning ko‘rsatmasi, taqdimnomasi yoki sud qarori asosida noqonuniy kontentni olib tashlash, agar ushbu kontentda jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik belgilari mavjud bo‘lsa, uni joylashtirgan va (yoki) tarqatgan shaxsni tegishli javobgarlikdan ozod etmaydi. Noqonuniy kontentni joylashtirgan va (yoki) tarqatgan shaxs javobgarlikka tortilganda, tegishli sud qarori bilan ushbu shaxsga noqonuniy kontentni olib tashlash majburiyati yuklatiladi.

Uchinchidan, onlayn-platforma faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu qonun loyihasida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilmagan taqdirda, vakolatli organ onlayn-platforma egasiga va (yoki) uning vakiliga onlayn-platforma va veb-saytlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish haqida taqdimnoma yuboradi. Bu taqdimnoma o‘ttiz kalendar kun ichida ko‘rib chiqilishi shart.

To‘rtinchidan, onlayn-platforma mulkdori va (yoki) uning vakili mazkur taqdimnomani qanoatlantirmagan taqdirda, vakolatli organ sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli. Bu ariza O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu qonun loyihasida belgilangan talablarga muvofiq onlayn-platforma faoliyatini amalga oshirishni ta’minlash masalasiga taalluqli bo‘ladi.

Beshinchidan, vakolatli organning da’vo arizasini ko‘rib chiqishda sud onlayn-platforma egasiga va (yoki) uning vakiliga yuborilgan taqdimnomaning qonuniyligi va asosliligini, albatta, ko‘rib chiqishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi hududida onlayn platformadan foydalanish tezligini pasaytirish bo‘yicha choralarni bekor qilish uchun asos onlayn platformalar va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish hamda bu haqda vakolatli organni onlayn platforma egasi va (yoki) uning vakili tomonidan rasman xabardor qilishdir.

Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu qonun loyihasida ko‘zda tutilgan jazo choralari bir qator yetakchi xorijiy davlatlar (Fransiya, Germaniya, Turkiya va boshqalar) tajribasiga asoslangan. Ularni joriy etish onlayn platformalar va veb-saytlar egalarining mas’uliyatini oshirishda muhim qadam hisoblanadi. Qonun loyihasi kontentni moderatsiya qilish uchun aniq chegaralarni belgilash imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, noqonuniy va taqiqlangan kontentni, jumladan, dezinformatsiya, kiberhujumlar, zo‘ravonlikka undovchi chaqiriqlar va mualliflik huquqlarini buzuvchi materiallarni yanada samaraliroq aniqlash va bartaraf etishga yordam beradi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar uchun shaffof moderatsiya algoritmlari va shikoyat qilish mexanizmlarini joriy etish fikr bildirish erkinligi va qonunchilik normalariga rioya qilish zarurati o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ko‘maklashadi.

Shuningdek, axborot muhitining xavfsizlik darajasi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Bu esa foydalanuvchilar, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar kabi zaif guruhlar uchun xavfsizroq muhit yaratadi, raqamli platformalarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya xavfini kamaytiradi. Uzoq muddatli istiqbolda bunday chora-tadbirlar texnologik taraqqiyot asosiy huquq va erkinliklarni himoya qilish bilan uyg‘unlashgan yanada mas’uliyatli va axloqiy raqamli makonni shakllantirishga yordam berishi mumkin.

Qo‘shimcha ijobiy ta’sirlardan biri huquqiy xatarlar va obro‘sini yo‘qotishdan xavotirda bo‘lgan IT-kompaniyalar o‘rtasida o‘z-o‘zini nazorat qilishni rag‘batlantirishdir. Shunday qilib, ko‘rsatilgan chora-tadbirlar nafaqat foydalanuvchilar xavfsizligini oshirishga, balki, umuman olganda, raqamli ekotizimning yangi me’yorlarini o‘rnatishga qodir.


O‘zbekiston


														
														Ertaga, 29-avgust ob-havo ma’lumoti

Ertaga, 29-avgust ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s g…
17:07 / 28.08.2026

														
														O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi.

O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi.

2026-2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan yang…
16:52 / 28.08.2026

														
														Bayram kunlarida turistik yo‘nalishlarga qatnovlar ko‘paytiriladi.

Bayram kunlarida turistik yo‘nalishlarga qatnovlar ko‘paytiriladi.

Bayram kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiluvchilar uchun temiryo‘l, avtomobil va havo transportida qo‘shimcha qatnovla…
16:39 / 28.08.2026

														
														Dunyo yosh parlamentariylari Samarqandda jamlanadi.

Dunyo yosh parlamentariylari Samarqandda jamlanadi.

4–6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Anjumanda 183 m…
16:30 / 28.08.2026

														
														Sietlda 1-sentabr «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilindi.

Sietlda 1-sentabr «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilindi.

AQShning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni rasman «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qildi. Tegi…
16:19 / 28.08.2026

														
														Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli tijoriy binolar buzib tashlandi

Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli tijoriy binolar buzib tashlandi

Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli bo‘lgan tijoriy binolar buzib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.
12:05 / 28.08.2026

														
														O‘zbekiston ilk bor akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston ilk bor akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

27-avgust kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining yengil vaznli erkak…
12:00 / 28.08.2026

														
														“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball beriladi

“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball beriladi

“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga hamda ayrim harbiy-sport musobaqalari g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga k…
10:23 / 28.08.2026

														
														Ispaniyadagi muzeydan 10 kilogrammlik qadimiy xazina o‘g‘irlandi

Ispaniyadagi muzeydan 10 kilogrammlik qadimiy xazina o‘g‘irlandi

27-avgust kuni ertalab noma’lum shaxslar Ispaniyaning Vilena shahridagi MUVI muzeyiga bostirib kirib, 3 ming yildan ortiq ta…
09:56 / 28.08.2026

														
														Bugun Prezident Mustaqillik bayrami tadbirida ishtirok etadi

Bugun Prezident Mustaqillik bayrami tadbirida ishtirok etadi

Bugun, 28 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tanta…
09:49 / 28.08.2026

Bu ham qiziq

Ertaga O‘zbekistonda havo +40 darajagacha isiydi

Ertaga O‘zbekistonda havo +40 darajagacha isiydi

Ertaga, 28-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:18 / 27.08.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

Davlatimiz rahbari halok bo‘lgan bolalarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohatlanganlarning tez fursatda sog‘…
09:43 / 28.08.2026
Ispaniyada minglab odamlar  "pomidorlar jangi" festivalida qatnashdi

Ispaniyada minglab odamlar "pomidorlar jangi" festivalida qatnashdi

Ispaniyaning sharqidagi Bunol shahrida an’anaviy La Tomatina festivali bo‘lib o‘tdi. Unda 20 mingdan ortiq kishi ko‘chalarda…
10:37 / 27.08.2026
Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026
Saida Mirziyoyeva hamda Chjao Letszi janoblari uchrashishdi

Saida Mirziyoyeva hamda Chjao Letszi janoblari uchrashishdi

Saida Mirziyoyeva hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy x…
17:34 / 26.08.2026
O‘zbekiston ilk bor akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston ilk bor akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

27-avgust kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining yengil vaznli erkak…
12:00 / 28.08.2026
Islomoboddagi shifoxonada yong‘in: kamida 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Islomoboddagi shifoxonada yong‘in: kamida 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat shifoxonasida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 14 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq h…
15:26 / 26.08.2026
Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli tijoriy binolar buzib tashlandi

Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli tijoriy binolar buzib tashlandi

Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli bo‘lgan tijoriy binolar buzib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.
12:05 / 28.08.2026
“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball beriladi

“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball beriladi

“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga hamda ayrim harbiy-sport musobaqalari g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga k…
10:23 / 28.08.2026
Sietlda 1-sentabr «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilindi.

Sietlda 1-sentabr «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilindi.

AQShning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni rasman «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qildi. Tegi…
16:19 / 28.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!