Shu yilning 13-sentyabr kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida bir necha yoshlar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini kaltakladi. Vaziyat yuzasidan O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusuf Qobuljanov izoh berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda rossiyalik o‘smirlar migrantlarni do‘pposlab, ularning ustidan kulib, haqorat qilganini ko‘rish mumkin. Holatni ulardan biri videoga olgan.
Qobuljanovning so‘zlariga ko‘ra, holat aniqlangan zahoti fuqarolar bilan aloqa o‘rnatilib, huquqiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, Vladivostok Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy ariza va Primorsk o‘lkasi prokuraturasiga ushbu masala bo‘yicha barcha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi haqida notalar yuborilgan.
“Mazkur voqealar O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan alohida nazoratga olingan”, – deyiladi izohda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!