$
12957.01 UZS
-11.33
132.13 UZS
-0.19
13485.66 UZS
-6.6
Kechasi -3°

Orol dengizining qurigan qismi yiliga qancha iqtisodiy zarar keltirmoqda?

15:13 / 08.02.2022

Orol dengizi tubidan ko‘tariladigan qum va chang bo‘ronlari yiliga 44 million dollardan ortiq iqtisodiy zarar keltiradi. Bu haqida Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Jahon banki va O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining “Orol dengizi tubidan ko‘tariladigan qum va chang bo‘ronlarini kamaytirish uchun O‘zbekistonda landshaftni qayta tiklashning ahamiyati” mavzusidagi qo‘shma tadqiqotda qayd etilishicha, har yili bo‘ronlar Orol dengizining qurigan tubidan 75 million tonnagacha qum, chang va tuzni Markaziy Osiyo kengliklariga olib o‘tadi.

Tadqiqotda Orol dengizi qurigan tubidan ko‘tariladigan tuz va chang bo‘ronlarining O‘zbekistonda odamlar salomatligi, turmush sharoiti va atrof-muhitga ta’siri natijasidagi iqtisodiy yo‘qotishlar baholangan. Unga ko‘ra, landshaftni samarali qayta tiklash iqtisodiy va moliyaviy bevosita xarajatlardan ancha ustun bo‘lgan foyda keltirishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu afzalliklar O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarishini tezlashtirishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, Orol dengizining qurigan tubi qariyb 60 ming kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Uning deyarli yarmi O‘zbekistondagi 1,8 million aholi istiqomat qiladigan

Qoraqalpog‘istonda joylashgan. So‘nggi bir necha o‘n yilliklarda bu tuzli cho‘l qum va chang bo‘ronlari manbaiga aylangan. Buning natijasida yuzaga kelgan tuproq eroziyasi va havoning ifloslanishi odamlar salomatligiga, turmush sharoitiga va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqot Jahon bankining “Farovonlik hisobi va ekotizim xizmatlarini baholash” (WAVES) dasturi va PROGREEN ko‘magida amalga oshirilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun landshaftlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy loyiha “RESILAND” doirasida o‘tkazilgan. Orol dengizi tubidan ko‘tariladigan qum va chang bo‘ronlari yiliga 44 million dollardan ortiq iqtisodiy zarar keltiradi.

O‘zbekistondagi Orol dengizi qurib qolgan tubining katta qismini qurg‘oqchilikka va sho‘r tuproqqa chidamli bo‘lgan mahalliy daraxtlar, butalar va o‘t-o‘lanlarni, ularning optimal kombinasiyasidan foydalangan holda ekish hisobiga tiklash mumkin. To‘g‘ri rejalashtirilganda

Orol dengizi tubidagi landshaftni tiklash jarayoni iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi va Orol dengizining sobiq qirg‘og‘idan 100-200 kilometrgacha bo‘lgan masofada havo ifloslanishining sezilarli darajada kamayishiga olib kelishi mumkin.
Buning natijasida mahalliy aholining salomatligi va farovonligi yaxshilanadi. Orol dengizi tubini tiklash har yili qo‘shimcha 28-44 million dollar miqdorida qo‘shimcha foyda keltirishi hamda tuproqdan uglerod chiqishining oldini olish va atmosferadan karbonat angidridni yutish orqali iqlim o‘zgarishini yumshatishga yordam berishi mumkin.

O‘zbekistonda, jumladan, sobiq Orol dengizi tubida landshaftlarni tiklash bo‘yicha loyihalar “yashil” iqtisodiy o‘sish milliy strategiyasining ajralmas qismiga aylanishi mumkin. “Yashil” o‘sish modeli tabiiy va energiya resurslaridan barqaror va samarali foydalanishga asoslanadi.
Bu esa atrof-muhit ifloslanishini minimal darajaga tushirish orqali tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshiradi. Landshaftni tiklash bo‘yicha samarali loyihalar, O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiy o‘sishga o‘tish jarayonini tezlashtirishdan tashqari, mintaqaviy va global miqyosda foyda keltirishi mumkin.

Ular iqtisodiy va moliyaviy bevosita xarajatlardan sezilarli darajada ustun turadi. Bu loyihalar Iqlim bo‘yicha Parij bitimi doirasida milliy darajada belgilab berilgan hissalarga muvofiq, hamda, Bonn Challenge – butun dunyoda degradasiyaga uchragan va o‘rmonsizlangan yerlarni qayta tiklash bo‘yicha global tashabbus va BMTning cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi doirasida yerlar degradatsiyasining neytralligiga erishish maqsadlari bo‘yicha O‘zbekistonning o‘z xalqaro majburiyatlarini bajarishiga hissa qo‘shishlari mumkin.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 42 ta jinoiy guruh faoliyatiga nuqta qo‘yildi

O‘zbekistonda 42 ta jinoiy guruh faoliyatiga nuqta qo‘yildi

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jam…
21:15 / 31.01.2025
ChatGPT va DeepSeek’dan ham kuchliroq sun’iy intellekt yaratildi

ChatGPT va DeepSeek’dan ham kuchliroq sun’iy intellekt yaratildi

AQSh texnologik kompaniyalari AI sanoatida ustunlikni saqlab qolishiga ishonch bildirmoqda.
12:54 / 30.01.2025
Taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun BHMning o‘n baravarigacha jarima solinadi

Taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun BHMning o‘n baravarigacha jarima solinadi

Bu odamlarning sog‘lig‘iga, mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning ellik…
12:55 / 30.01.2025
Litvada 200 nafar o‘zbekistonlik uchun ish o‘rni yaratiladi

Litvada 200 nafar o‘zbekistonlik uchun ish o‘rni yaratiladi

Bu haqda O‘zbekiston migratsiya agentligi xabar berdi.
20:34 / 31.01.2025
Endi Ozarbayjonga ham ID-kartalar orqali borish mumkin bo‘ladi

Endi Ozarbayjonga ham ID-kartalar orqali borish mumkin bo‘ladi

Ikki davlat o‘rtasida ID-kartalar tan olinsa, O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari ID-kartalar orqali ikki mamlakat chegaral…
12:04 / 31.01.2025
Qozog‘istonda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
18:58 / 31.01.2025
Vashingtondagi aviahalokat qurbonlarining jasadi Potomak daryosidan olib chiqildi

Vashingtondagi aviahalokat qurbonlarining jasadi Potomak daryosidan olib chiqildi

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi samolyot harbiy vertolyot bilan to‘qnashishi natijasida 18 kishi halok bo‘lgan.
12:03 / 30.01.2025
1-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi -3 -5 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
22:51 / 31.01.2025
Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tiz…
16:37 / 30.01.2025
XAMAS110 nafar falastinlik evaziga 3 nafar isroillikni ozod qildi

XAMAS110 nafar falastinlik evaziga 3 nafar isroillikni ozod qildi

Asirlar xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi xodimlariga topshirildi.
19:19 / 30.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!