$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

16:37 / 30.01.2025

Omilkorlik va tarkibiy o‘zgarishlar tufayli qishloq xo‘jaligi maydonlaridan mo‘l hosil olinmoqda. Shu bilan birga, boshqa yerlarni ham “iqtisodiy aktiv”ga aylantirish, odamlarni ishli qilib, daromadini oshirish choralari ko‘rilyapti.

Masalan, 5 milliondan ziyod xonadonda 508 ming gektar tomorqa, avval tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarida 17 ming gektar va so‘nggi yillarda aholiga tarqatilgan 260 ming gektar yer bor. Bu oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda eng katta zaxira.

O‘tgan 7 yilda tomorqa egalari va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 2,3 trillion so‘m imtiyozli kredit va 265 milliard so‘mlik subsidiya berilgan. Odamlarning ko‘nikmasidan kelib chiqib, 5 ming 145 ta mahalla meva-sabzavot yetishtirish, ko‘katchilik, limonchilik kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashtirilgan.

Eng asosiysi, odamlar yerga ishlashni, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llashni yaxshi o‘rgangan. Ilgari tomorqada gektaridan o‘rtacha 18 tonna mahsulot olingan bo‘lsa, hozirda bu 2 karra oshib, 38 tonnaga yetgan.

Mahallalarda qo‘shimcha 470 ming tonna meva-sabzavotni saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlari yaratilgan. Bu borada yaxshi tajriba yaratgan tuman va mahallalar juda ko‘p. Asaka, Jondor, Shahrisabz, Uychi, Qiziltepa, Yangiyo‘l, Toyloq, Angor, Quva, Oltiariq kabi o‘nlab tumanlarda odamlar tomorqadan 2-3 marta hosil olib, bir sotixdan o‘rtacha 15-20 million so‘m daromad topyapti.

Bunday ishlarni boshqa joylarda ham rivojlantirish uchun aholi, qayta ishlovchilar va eksportchilarning takliflari o‘rganilgan.

Masalan, samarqandlik bog‘bonlar uzum ko‘chatini shpalerga o‘tkazish uchun subsidiya berishni so‘ragan. Bunday usulda hosil 2 karra oshadi. Bu qo‘llab-quvvatlanib, har bir shpaler uchun 15 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladigan bo‘ldi. Shuningdek, mayizni osma usulda quritish uskunalari uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida imtiyozli kredit berilishi aytilgan.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Tasmasoy” mahallasida 875 ta xonadon tomorqasida sitrus meva ko‘chati va limon yetishtirib, har biri yiliga 200 million so‘mgacha daromad olyapti. Sariosiyo va Oltinsoydagi mingdan ziyod xonadonlar ham “handak” va “termos” usulida limon yetishtirish tashabbusini bildirgan.

Yangiyo‘llik dehqonlar ham o‘zimizning ko‘kat urug‘lari yo‘qolib ketgani, sifatli nav yetishmasligini aytgan. Bular bo‘yicha vaziyatni o‘nglash, aholi tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

Prezident tomorqa va dehqonchilik yerlarida yuqori daromadli va eksportbop ekinlar ekish, ularning hisobini yuritish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qilgan.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash tuziladi. U aholini o‘qitishdan tortib, urug‘, ko‘chat yetkazish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksportga chiqarish zanjirini yaratish bilan tizimli shug‘ullanadi.

Mazkur kengash boshqaradigan “Uzagrostar” xolding kompaniyasi tashkil etiladi. Bunda 9 ta davlat banki ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan 15 ta kompaniya ochadi. Ushbu kompaniyalar meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha o‘z brendini yaratgan 15 ta drayver tumanni yangi bosqichga olib chiqib, ularning tajribasini yana 72 ta tumanda ommalashtiradi.

Har bir kompaniyaga budjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Bunga qo‘shimcha banklar ham o‘zlari mas’ul bo‘lgan ixtisoslashgan kompaniyaga 10 million dollardan yo‘naltiradi. Tomorqa kengashida alohida jamg‘arma tashkil qilinib, dastlabki bosqichda 260 milliard so‘m pul va 1,2 trillion so‘mlik kredit portfeli beriladi.

Buning hisobiga bank rahbarlari biriktirilgan tumanlardagi ixtisoslashgan mahallalar aholisini o‘ziga mijoz qilib, mablag‘ bilan ta’minlaydi. Tomorqada hosilni ko‘paytirish uchun chetdan yangi texnologiya va ekspertlar olib keladi. Xonadonlarga hosildor urug‘ va ko‘chat, sifatli o‘g‘it yetkazish, agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, mahsulotini qayta ishlash, saqlash va eksport qilishda ko‘maklashadigan tizim tashkil etiladi.

Urug‘chilik institutlari bilan hamkorlik rivojlantiriladi. Tanlab olingan tumanlarda “yashil” issiqxonalar tashkil etilib, namuna qilinadi.

Umuman, aholi tomorqasida oziq-ovqat yetishtirishni moliyalashtirish uchun qariyb 5 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilangan.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Jumladan, mahalla va xonadonlarda muzlatkich, qadoqlash, quritish, qayta ishlash omborlari va issiqxonalar qurilib, aholiga 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan tayyor holda beriladi. Tomorqa xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 17,5 foizli imtiyozli kredit ajratiladi. Aholi va dehqonlarning eng namunali loyihalari uchun har yili 20 milliard so‘mlik grantlar e’lon qilinadi. Bunda 500 ta mahalladagi eng zo‘r loyihaga 40 million so‘mdan grant beriladi.

Shu bilan birga, mahallada eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yib bergan usta-dehqonlarga 100 million so‘mgacha, qisqa muddatli o‘quv kursini tashkil qilganlarga 5,5 million so‘m subsidiya ajratiladi. Suv ta’minoti og‘ir joylarda yomg‘ir suvini to‘plash va saqlash sig‘imini qurish xarajatining yarmi qoplab beriladi.

Yana bir yangilik – Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash loyihalariga kredit ajratishda garov talab qilinmaydi. Bunda sug‘urta polisining o‘zi yetarli bo‘ladi. Dehqonlarga ortiqcha hujjatlarsiz imtiyozli kredit beriladi.

Tomorqa va dehqon xo‘jaligi yerlari, ularda yetishtirilgan mahsulot hisobini yuritish bo‘yicha ham yangicha tizim bo‘ladi. Buning uchun yil yakunigacha tomorqalar va ekin yerlari alohida tasniflanadi. Ularda nima ekilgani “onlayn mahalla” platformasiga kiritiladi.

Yerdan samarali foydalanib, bir sotixda 5 million so‘mdan yuqori rasmiy daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi. Aksincha, tomorqasiga ekin ekmaganlardan yer solig‘i oshirilgan miqdorda undiriladi.

Hozir bu sohada “raqamli bozor” bo‘lmagani uchun dehqonlar meva-sabzavotiga xaridor, qayta ishlovchi va eksportchilar esa mahsulot qidirib yuribdi. Shu bois ularni o‘zaro bog‘laydigan “market pleys” ishga tushiriladi.

Oxirgi uch yilda 260 ming gektar yer aholiga bo‘lib berilgan edi. Endi bu takomillashtirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatida bo‘sh turgan 3 ming 300 gektar yer tajriba tariqasida yangicha tartibda ijaraga beriladi. Bunda, konturlar 3 gektardan 50 gektargacha yaxlit holda savdoga qo‘yilib, 49 yilga ijaraga beriladi.

Eng muhimi, bu yerlar tuproq tarkibi va sifati tahlili, kafolatli suv limitini eng past va eng yuqori chegaralari ko‘rsatilgan holda auksionga qo‘yiladi. Bunda, nafaqat shu hududdagi, balki boshqa viloyatdagi tadbirkorlar ham qatnashib, yer olishi mumkin bo‘ladi. Auksion boshlang‘ich narxni pasaytirib borish va bir yo‘la to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi. U yerlarning bir qismiga saqlash va qadoqlash quvvatlari qurishga ham ruxsat beriladi.

Kelgusi yildan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun soliq hisoblash tartibi ham o‘zgaradi. Ijaraga berilgan yerning ball-boniteti oshsa, to‘lanadigan soliq o‘zgarmaydi, aksincha tushib ketsa, soliq stavkasi 3 karra oshadi.

Yurtimizda eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlardan biri kartoshkadir. 290 ming gektarda ekilsa ham, ehtiyojning bir qismi importdan qoplanyapti. Negaki nav va hosildorlik yaxshi emas.

Shu bois Kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga iqlimga mos, serhosil navlarni yaratish, “in-vitro” usulida yiliga 3 million dona tuganaklar yetishtirib, tarqatish vazifasi qo‘yilgan.

Bu yil kartoshkachilikni rivojlantirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 400 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Chetdan olib kelinadigan urug‘lik kartoshka uch yilga bojxona bojidan ozod qilinadi. 2027-yildan kartoshkaga ehtiyoj to‘liq ichki imkoniyat hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash uchun texnikalar yetkazib berish, dehqonlarga qulay lizing mahsulotlari taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev hududlardagi usta dehqonlar va tomorqa egalari bilan muloqot qilgan. Ulardan biri – hovlisidagi issiqxonada yiliga 4 marta hosil olib, yuqori daromad topayotgan qoraqalpog‘istonlik Genjimurat Turdimuratov “Do‘stlik” ordeniga loyiq ko‘rilgan.

Mutasaddilar va bank rahbarlari ushbu yangi tashabbuslarni joriy qilish, 1 million 500 ming aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborot bergan.

 

 


O‘zbekiston


														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

														
														Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026

														
														GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!