$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun BHMning o‘n baravarigacha jarima solinadi

12:55 / 30.01.2025

2025-yil 17-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun kuchga kirdi.  

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar To‘ychiyev qonunning ahamiyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:  

– O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘simlik va hayvonot olamini kafolatli himoya qilish, eng muhimi, insonlarning qulay ekologik muhitda xavfsiz yashashini ta’minlash borasida mustahkam huquqiy baza yaratilmoqda.  

Yovvoyi hayvonlar bilan muomalada bo‘lishda aholining xavfsizligini ta’minlashga va yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.  

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lsa-da, mazkur ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilanmagan.  

Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar tomonidan mazkur ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni saqlash bilan bog‘liq qoidalarni qo‘pol tarzda buzish holatlarining ortishiga sabab bo‘lmoqda.  

O‘tgan ikki yil davomida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf soluvchi 6 ta holat qayd etilgan. Misol uchun, 2023-yil aprel oyida Toshkent tumanidagi uylarning birida noqonuniy boqilayotgan sher kutilmaganda onasi bilan do‘konga chiqqan bolaga hujum qilgan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.  

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlaganlik va odamlarning sog‘lig‘iga, mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi. Qonunchilikka hayvonlarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.  

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 921-modda sifatida jismoniy shaxslar tomonidan saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlanganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritildi. Bunda, yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlaganlik uchun – aniqlangan hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinadi.  

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, bunday holatda jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solinadi.  

Aytib o‘tish kerakki, so‘nggi paytlarda hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, egasiz hayvonlarni o‘z vaqtida tuttirish choralarini ko‘rmaslik bilan bog‘liq salbiy holatlar ham ortib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 110-moddasi birinchi qismi, ya’ni it va mushuk boqish qoidalarini buzish bo‘yicha 2023-yilda 27 ming 36, 2024-yilda 12 mingdan ortiq, ushbu moddaning ikkinchi qismi, ya’ni fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetish bo‘yicha 2023-yilda 1 ming 334 va 2024-yil 9 oyida mingga yaqin holatda fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.  

Bu esa o‘z navbatida, ushbu sohaga mas’ul bo‘lgan shaxslarning mas’uliyatini oshirish zaruratini taqozo etdi. Shu munosabat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 110-moddasi nomiga aniqlik kiritilib, “Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish” deya qayta nomlangan.

Shuningdek, hayvonlarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, shaharlar hamda boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish hamda saqlash choralarini ko‘rmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinadi.  

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solinadi.  

 


O‘zbekiston


														
														Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirish va ularning jasadlarini bo‘laklarga ajratish ishida sud h…
09:47 / 13.09.2026

														
														Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026

														
														Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
16:54 / 12.09.2026

														
														Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bud…
10:35 / 12.09.2026

														
														Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026

														
														Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026

														
														Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026

														
														12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
18:04 / 11.09.2026

														
														O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda profilaktik emlash o‘tkazish tartibi belgilandi.

Endi profilaktik emlash hududda yuqumli kasallik aniqlanib, u faol tarqala boshlagan yoki aholining muayyan qatlamlari yuqti…
17:49 / 11.09.2026

														
														Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026

Bu ham qiziq

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf o…
10:27 / 12.09.2026
Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026
Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muo…
12:54 / 11.09.2026
Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernem AQSH Prezidenti Donald Trampning Irlandiyaning birlashishi haqidagi bayonotlariga mu…
09:35 / 13.09.2026
O‘zbekistonda 420 mln so‘mgacha bo‘lgan nizosiz talablarni notarius orqali undirish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 420 mln so‘mgacha bo‘lgan nizosiz talablarni notarius orqali undirish mumkin bo‘ladi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida nizosiz talablarni notarial tartibda rasmiylashtirish va ijro etish tartib…
10:54 / 11.09.2026
Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi…
11:34 / 11.09.2026
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
16:54 / 12.09.2026
Ostonada ayol 15-qavatdan tushib, 2 yoshli bola bo‘lgan aravachaga qulab tushdi

Ostonada ayol 15-qavatdan tushib, 2 yoshli bola bo‘lgan aravachaga qulab tushdi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida fojiali hodisa yuz berdi. 27 yoshli ayol ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan tushib ketib,…
09:44 / 13.09.2026
Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiya…
12:29 / 12.09.2026
Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bud…
10:35 / 12.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!