Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda 385,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 foizga oshgan.
2023-yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi avtomobil benzini – 385,5 ming tonna, koʻmir – 989,1 ming tonna, neft – 195,5 ming tonna, gaz kondensati – 319,5 ming tonna, avtobus – 200 dona, yuk avtomobillari – 557 dona, avtomobil dvigatellari – 44,2 ming dona hamda yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 50 018 donani tashkil etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!