O‘zbekiston hududiga 25–29-iyun kunlari Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi. Bu bo‘yicha “O‘zgidromet” xizmati shoshilinch axborot e’lon qildi.
Unga ko‘ra,
250–28-iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 42–44 darajagacha;
25–29-iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43–45 darajagacha;
26–29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 40–42 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15–20 metr sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!