Davlat statistika qo‘mitasi 8-iyun kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000-73 000 so‘m;
Qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 55 000-86 000 so‘m;
Kartoshka (1 kilogramm) — 2 500-8 000 so‘m;
Piyoz (1 kilogramm) — 2 000-6 000 so‘m;
Sabzi (1 kilogramm) — 1 500-6 000 so‘m;
Tuxum (10 dona) — 7 000-15 000 so‘m;
Guruch (1 kilogramm) — 4 500-22 000 so‘m;
O‘simlik yog‘i (1 litr) — 15 500-28 000 so‘m;
Shakar (1 kilogramm) — 9 500-16 000 so‘mni tashkil etadi.
Qayd etish mumkin, ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.
Mazkur ma’lumotlarni shakllantirish jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!