OCCRP surishtiruvchi jurnalistlar konsorsiumi Suriyaning sobiq prezidenti, hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Moskvadan siyosiy boshpana topgan Bashar Asadni “2024-yilning eng korrupsioner arbobi” deb topgan.
“Asad rejimi butun mintaqada zo‘ravonlik, narkotiklar va korrupsiyani tarqatib, kaptagon (sintetik narkotik modda) ishlab chiqarish, odam savdosi, tamaki kontrabandasi, qadimiy artefaktlarni o‘g‘irlash va qurol savdosi kabi turli xil uyushgan jinoyatlardan milliardlab dollar daromad topgan”, – deyiladi OCCRP bayonotida.
“Yilning eng korrupsioner amaldori” mukofoti 2012-yilda OCCRP tomonidan uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyada eng ko‘zga ko‘ringan shaxslarni aniqlash uchun ta’sis etilgan. Uning sobiq “sovrindorlari” qatoriga Vladimir Putin, Yevgeniy Prigojin va Aleksandr Lukashenkolar ham kiritilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!