$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
41° Kechasi 24°

“Paynet”chilarni chuv tushirgan yigitga qarshi jinoyat ishi ochildi

14:48 / 08.01.2024

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paynet” shoxobchasida plastik kartaga pul tushirib, lekin naqd pulni bermasdan qochib ketayotgan shaxsning videosi tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 3-yanvar kuni 1993-yilda tug‘ilgan Xusanov Kamron Xisrav o‘g‘li Olmazor tumanidagi “Paynet” shoxobchasiga kirib, plastik kartasiga 682.000 so‘m miqdoridagi pulni o‘tkazishni so‘ragan. Aytilgan pul miqdori plastik kartasiga tushirilgandan so‘ng, K.Xusanov naqd pulni to‘lamasdan shoxobchadan qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (“Talonchilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Kamron Xusanovning o‘zi IIBBga yo‘l olgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Shuningdek, kimda kim bu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBga murojaat qilishi so‘ralmoqda.


Bu ham qiziq

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
15:10 / 03.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:49 / 03.07.2025
Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go‘ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad …
13:47 / 04.07.2025
Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok…
11:19 / 02.07.2025
5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
18:06 / 04.07.2025
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar…
11:10 / 03.07.2025
“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kam…
10:49 / 02.07.2025
Yigit kishiga qirq hunar oz

Yigit kishiga qirq hunar oz

Namangandagi koloniyadagi mahkumlarga oshpazlikdan saboq berildi
22:23 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!