Joriy yilning 24-dekabr kuni Pokiston Afg‘onistonga havo hujumlarini uyushtirdi. Bu haqda “Khaama Press” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu havo hujumlari oqibatida 15 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Jumladan, ayollar va bolalar vayronalar ostidan topilgan.
Pokistonning hujumlarida Barmal tumanidagi kamida yetti qishloq nishonga olingan. Ta’kidlanishicha, Laman qishlog‘i butunlay vayron etilgan. Bir oilaning 5 nafar a’zosi voqea sabab vafot etgan.
Ushbu xulosalar dastlabki tekshiruvlar natijasi bo‘lgani sabab qurbonlar va yaralanganlar soni ko‘payishi mumkin.
Biroq hozircha na Tolibon, na Pokiston qurbonlar haqida rasman izoh bermagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!