O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan o‘zbek xalqining bag‘rikenglik ko‘magi sifatida Afg‘oniston aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi insonparvarlik yuki Afg‘oniston xalqiga yetkazib berilgan.
Jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami joriy yil 25-30-dekabr kunlari Afg‘onistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlarimiz tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur insonparvarlik yordami O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining uchrashuvida afg‘on xalqini O‘zbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish so‘roviga asosan amalga oshirilmoqda.
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!