Yaqinda bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.
“Drenajni shunchaki ta’mirlash yetarli emas, suv havzalarida suv yig‘ish tizimini yaratish va undan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish kerak. Poytaxt tumanlari hokimlari shaxsan joylarga chiqib, drenaj, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalarini mustaqil hal etishi kerak” – deyildi yig‘ilishda.
Bu haqida Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Prezident shahar hokimligiga yil so‘ngigacha drenaj tizimini sun’iy suv havzalari bilan birgalikda qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasini yukladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!