Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning uchrashuv sanasi diplomatik kanallar orqali kelishib olinmoqda. Bu haqda Kreml matbuot rahbari Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida doimo muloqotga ehtiyoj bor va siz ular uchrashishga kelishib olganini bilasiz. Putinning o‘zi esa “Men Turkiyaga boraman”, degan. Biz faqat vaqtni belgilaymiz, xolos. Sana esa hali tanlanmadi. U diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi va ertami-kechmi bu muloqot amalga oshadi”, degan Kreml vakili.
Peskov bunday aloqalar, birinchi navbatda, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar nuqtayi nazaridan muhim ekanini qayd etdi.
"Agar kerak bo‘lsa, ular juda tez qo‘ng‘iroqlashishlari mumkin. Bunday rejalar tom ma’noda soatlar ichida amalga oshiriladi", deya xulosa qiladi Peskov.
Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an va Putin oxirgi marta o‘tgan yilning sentyabr oyida Sochida uchrashgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!