$
12456.25 UZS
45.26
158.36 UZS
-0.02
14461.71 UZS
223.82
38° Kechasi 23°

“Qambarota-1 GES” qurilishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi

09:45 / 07.01.2023

Kecha, 6-yanvar kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Qirg‘iz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov tomonidan Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab olgan.

Mazkur GES nafaqat Qirg‘iz Respublikasini, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining elektr va suv ta’minotida muhim o‘rin tutadi.

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida ikki mamlakat prezidentlari tomonidan Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan edi.


Bu ham qiziq

24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:36 / 23.06.2025
Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Shuningdek, xabarda yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida…
10:13 / 24.06.2025
Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.
11:14 / 24.06.2025
Sergelida Spark yonib ketdi

Sergelida Spark yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
11:27 / 25.06.2025
UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

Endilikda Tom Aspinall to‘laqonli chempionga aylandi.
11:45 / 22.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
16:47 / 22.06.2025
Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
10:49 / 25.06.2025
Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Isroil Bosh vaziri xalqqa murojaatida Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Trampga Erondagi yadroviy obyektlarga berilgan zarbala…
10:07 / 22.06.2025
O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida turli rusumda…
11:39 / 24.06.2025
Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organi bo‘ldi.
09:59 / 25.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!