$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
35° Kechasi 23°

Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

09:59 / 25.06.2025

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organi bo‘ldi. Bu 23-iyun kuni qabul qilingan “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilandi.

Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Quyida sanab o‘tilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:

– bankning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki to‘lovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi;

– banklar tomonidan ko‘rilgan choralar, shuningdek, Markaziy bank tomonidan qo‘llangan nazorat choralari to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir bo‘lmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emasligi;

– bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bo‘lmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib bo‘lmasligi sababli sanatsiya qilish zarurligi.

Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maxsus boshqaruvchisini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli hisoblanadi.

Sanatsiya qilish vositalari quyidagilardan iborat:

– aktivlar va majburiyatlarni o‘tkazish (sotish);

– oraliq bankni tashkil etish;

– hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish.

Qonunga ko‘ra, sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar Markaziy bank bankning aktivlari va majburiyatlari, shuningdek balansdan tashqari moddalari baholashdan o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Baholovchi Markaziy bankka quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosani taqdim etadi:

– bankni sanatsiya qilish boshlangan kunda mazkur bankni majburiy tugatish tashabbus qilingan bo‘lsa, sanatsiya qilinayotgan bank aksiyador va kreditorlari ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarning miqdori;

– sanatsiya qilinayotgan bankning aksiyadorlari va kreditorlari ko‘rgan haqiqiy zararlar miqdori;

– yuqorida ko‘rsatilgan zararlar o‘rtasidagi farq.

Shuningdek, Markaziy bank hamda Omonatlarni kafolatlash agentligining qo‘shma qarori asosida sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi. Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bank tuzgan shartnomalar bo‘yicha uning to‘lov va o‘tkazmalarga doir muayyan majburiyatlarini 6 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga haqli.

Ma’lumot uchun, bankni sanatsiya qilish – bu bank yetarlicha pulga ega bo‘lmaganda, uning qarzlarini to‘lash va ishini davom ettirish uchun davlat yoki boshqa tashkilot tomonidan moliyaviy yordam berish jarayoni.


O‘zbekiston


														
														Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025

														
														O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025

														
														Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025

														
														Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025

														
														Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025

														
														Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:16 / 12.07.2025

														
														O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025

														
														Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Poytaxt hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
22:22 / 11.07.2025

														
														Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
21:23 / 11.07.2025

														
														Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi.
20:34 / 11.07.2025

Bu ham qiziq

11-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
22:53 / 10.07.2025
Prezident profilaktika inspektorga muddatidan oldin kapitan unvonini berdi

Prezident profilaktika inspektorga muddatidan oldin kapitan unvonini berdi

Prezident bu borada mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berdi
18:58 / 11.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi

O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘r…
17:11 / 11.07.2025
Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:16 / 12.07.2025
Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Amerikaning The New York Times nashri yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvag…
12:22 / 12.07.2025
Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni jahon hamjamiyatiga kelishuvga erishish uchun hamma narsani qilmoqda va Rossiya-Amerika muloqoti uchun pl…
11:02 / 12.07.2025
O‘zbekistonda qancha aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda qancha aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritmoqda?

Statistika qo‘mitasi bu boradagi ma’lumotlarni ochiqladi
22:36 / 10.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
“Seul moon”da yong‘in chiqdi

“Seul moon”da yong‘in chiqdi

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
10:39 / 11.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!