$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Qo‘shiqlarimiz o‘zidan-o‘zi hit bo‘lib ketardi - Abduvali Rajabov

17:56 / 30.01.2022

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar va ayni damda bizni ijtimoy tarmoqlar orqali kuzatayotgan tomoshabinlar. Xabardor.uz “intervyu” dasturining bugungi mehmoni “Nihol” mukofoti sovrindori va taniqli el suygan xushovoz xonanda Abduvali Rajabov. Assalomu alaykum yana bir bor Abduvali aka. Sizni dasturimizda xush ko‘rdik. Qimmatli vaqtingizni ajratib tashrif buyurganingiz uchun katta rahmat. 

- Suhbatimizni ko‘pchilik muhlislaringizni qiziqtiradigan savol bilan davom ettirsak, nima uchun Abduvali Rajabov oxirgi paytlar kamnamolar va televizor yoki ijtimoiy tarmoqlarda ham faol emaslar?

- Assalomu alaykum. Qayerga bormay birinchi shu savol bilan murojaat qilishadi. Umuman olganda bizni yaqindan kuzatayotgan muhlislarimiz bo‘lsa, biz albatta ijoddan to‘xtaganimiz yo‘q va davom etyapmiz. Ochiqchasiga aytsam men avval ham ko‘p klip suratga olmasdim. Muhlislarimizga 5 ta albom taqdim qilgan bo‘lsak, ulardan aksariyatiga klip ishlanmangan. 2001 yil “Bevafo yor” qo‘shig‘im bilan ijodimni boshlagan edim. O‘sha vaqtlarda qo‘shiqlarimizning aksariyati radiolarning o‘zida muvaffaqiyatga erishib bo‘lardi. Biz shunga moslashgan edik. Qo‘shiq chiqarsak o‘z-o‘zidan hit bo‘lib ketaver edi. 

- Albatta sizni yaxshi taniymiz va o‘zbek qo‘shiqchilik san‘atida o‘z o‘rningiz bor. Shunday bo‘lsada o‘zingiz va oilangiz haqida gapirib o‘tsangiz. 

- Albatta. Men Sirdaryo shahar, Sirdaryo tumanida tug‘ilib o‘sganman. O‘sha yerda bolaligim o‘tgan. 2000 yil Toshkent estrada va sirk kollejiga o‘qishga qabul qilinganman. Uylanganman. Hozirda 2 nafar farzandim bor (Asadbek va Otabek ). Kecha kichik o‘g‘lim 10 yoshga to‘ldi. Hamma kabi oddiygina oilam bor.

- “Yomg‘irlar”, “Unut meni”, “Bevafo yor” va “Sensiz”. Yana qachon siz tomoningizdan shu kabi hitlar eshitamiz?

- Bilasizmi bu aslida bizning qo‘limizda emas. Avvallari qo‘shiqlarimiz hit-paradlarda 1 yillab ham turardi. Hatto 3-4 yil qo‘shiqlarimi el nazaridan tushmasdi. Hozirgi paytda esa bir qo‘shiq ijro etilsa, bor yo‘g‘I 1 yoki 2 oy maza qilib tinglashadi, eshitiladi va shundan so‘ng darrov boshqa qo‘shiqlarga almashtirishadi. Ko‘rdingizmi bu san‘atkorning qo‘lida emas-ku. Balki muhit hozir shundaydir.  

- Eshitishimizga qaraganda siz tufayli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan muhlisalaringiz ham bo‘lgan ekan. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- Aslida bu haqda gapirish men uchun noqulay. Lekin bu kabi voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Uyimga bostirib kirib, “qanisan?” deb meni chaqirib “bor, ana qara qizim o‘zini osmoqchi” deganlar ham bo‘lgan. Keyin yaxshilab o‘ylab qarasam ular men uchun notanish bo‘lishsa ham, lekin men ular uchun yaqin insondek bo‘lganman. Bunday holatlarni men to‘g‘ri tushunganman.

- Avvalroq telekanallardan biriga bergan intervyuingizda yaqinda men uchun yangi bo‘lgan bir sohada faoliyatimni boshladim, ishga tushsa keyin ma‘lum qilaman degandingiz. Hozir shuni ochiqlashingiz mumkinmi?

-Bilasizmi inson o‘zi hohlagan barcha cho‘qqilarga erishganidan keyin yana bir narsalarni hohlab qolarkan. “Xalqlar do‘stligi” san‘at saroyida bir kunda 3 martalab konsert bergan paytlarimiz ham bo‘lgan. Orada jamoamiz ba‘zi bir sabablarga ko‘ra tarqalib ketdi. O‘sha paytlari men qo‘shiqchilikni batamom tashlab, o‘zimni umuman boshqa sohalarda sinab ham ko‘rmoqchi bo‘lganman. 

Katta rahmat. Yana bir bor eslatib o‘taman bugungi mehmon suhbatdoshimiz mehmoni “Nihol” mukofoti sovrindori va taniqli el suygan xushovoz xonanda Abduvali Rajabov bo‘ldilar. Abduvali aka sizga qimmatli vaqtingizni ajratib tashrif buyurganingiz uchun katta rahmat deymiz va ijodiy hamda oilaviy barkamollik tilaymiz. Yaqindan hamkorlik uchun poytaxtimiz markazida joylashgan “Hilton” mehmonxonasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Salomat bo‘ling. 

                                                                                                    Olimjon Hasanov suhbatlashdi


Bu ham qiziq

UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakll…
10:28 / 16.10.2026
Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida 1,7 gektar maydonda favvorali sun’iy ko‘l qurilishi boshlandi. Lo…
16:39 / 15.10.2026
Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorlig…
15:20 / 16.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026
Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning en…
09:11 / 16.10.2026
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida baliqxona va savdo do‘konida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.…
16:52 / 15.10.2026
O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda energet…
14:51 / 16.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026
Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelishi kutilmoqda

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelishi kutilmoqda

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi 2-noyabr kuni Toshke…
16:35 / 15.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!