2025-yilda dunyo böylab 47 ming nafar ayol va qiz turmuş örtoği, yaqin munosabatda bölgan şaxsi yoki oila a’zolari tomonidan qasddan öldirilgan. Bu haqda BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi hamda BMT-Ayollar taşkilotining 24 noyabr kuni e’lon qilingan hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobotga köra, mazkur körsatkiç dunyo böyiça bir kunda örtaça 129 nafar, har soatda esa 5 nafar ayol va qiz hayotdan köz yumganini anglatadi.
Qayd etilişiça, 2025-yilda ayollar va qizlarga nisbatan sodir etilgan qotilliklarning umumiy soni 78 ming tani taşkil qilgan. Ularning 60 foizi, ya’ni 47 mingta holat yaqin şeriklar yoki oila a’zolari tomonidan sodir etilgan. Bu ayollar uçun eng xavfli joylardan biri hanuz öz uyi ekanini körsatadi.
Mintaqalar kesimida bunday qotilliklarning eng yuqori körsatkiçi Afrikada qayd etilgan. Xususan, har 100 ming nafar ayolga 2,9 ta holat töğri kelgan. Amerikada bu körsatkiç 1,4 tani, Okeaniyada 1,1 tani, Osiyoda 0,6 tani va Yevropada 0,5 tani taşkil etgan.
Hisobotda ayollarga nisbatan qotilliklar köpinça uzoq vaqt davom etgan zöravonlik, tahdid va tazyiqlarning yakuni ekani ta’kidlangan. Şu bilan birga, jismoniy yoki jinsiy zöravonlikka uçragan ayollarning aksariyati yordam söramasligi ularning himoyasiz qoliş xavfini oşirişi qayd etilgan.
BMT ma’lumotlariga köra, dunyoda umumiy qotillik körsatkiçlari pasayib borayotgan bölsa-da, ayollar va qizlarga nisbatan qotillik holatlari bu jarayonga nisbatan sekinroq kamaymoqda. 2010–2025-yillarda umumiy qotillik körsatkiçlari Amerikada ayollarga nisbatan qotillik körsatkiçlaridan qariyb ikki baravar, Yevropada esa 1,5 baravar tezroq pasaygan.
Hisobotda 2025-yilda yaqin şerik yoki oila a’zolari tomonidan öldirilgan ayollar va qizlar soni 2024-yildagi 50 ming nafarlik körsatkiçdan kam ekani ham qayd etilgan. Biroq BMT taşkilotlari bu farqni zöravonlik holatlari amalda kamayganining isboti sifatida baholamaslik kerakligini bildirgan. Bunga mamlakatlarda statistik ma’lumotlarni töplaş imkoniyatlarining yaxşilangani ham ta’sir körsatgan bölişi mumkin.
BMT taşkilotlari hukumatlar va jamoatçilikni ayollar hamda qizlarni zöravonlikdan himoya qiliş, jabrlanuvçilarga öz vaqtida yordam körsatiş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş çoralarini kuçaytirişga çaqirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!