Barselona”ning yangi futbolchisi Rafinya Diaz klub bilan barcha sovrinlarni yutmoqchi ekanligini aytdi.
– “Kamp Nou”dagi debyutingizni qanday tasavvur qilasiz?
Iloji boʻlsa, gʻalabalar, kiritilgan gollar. Men maksimal darajada oʻzimni koʻrsatmoqchiman. Umid qilamanki, ajoyib oʻyin oʻtkaza olaman.
Umid qilamanki, yilning qolgan qismida oʻzimga boʻlgan ishonchni toʻldirish uchun “Kamp Nou”da yaxshi start olaman.
– Mavsum oldini ajoyib boshladingiz va muxlislar mehrini qozondingiz.
“Men ularni tezda xursand qila olganimdan juda xursandman. Qayerga bormayin, men har doim imkon qadar tezroq moslashishga, mashgʻulotlarda, har bir uchrashuvda bor kuchimni berib, muxlislarga katta quvonch ulashishga harakat qilaman. Muxlislarga mening oʻyinim yoqsa, oʻzimni baxtiyor his qilaman.
– Sovrinlar haqida?
Maqsadim — La Liga, Chempionlar ligasi, kuboklar, klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻalaba qozonish. Men “Barsa” bilan barcha sovrinlarni qoʻlga kiritishni maqsad qilganman”, – deydi qanot hujumchisi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!