$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Renovatsiya – aholi soni tez o‘sib borayotgan sharoitda eng maqbul yechim

19:06 / 10.04.2025

Prezident huzurida mas’ullar renovatsiya jarayonlari bo‘yicha axborot berdi. Davlatimiz rahbari aholini munosib turar-joy bilan ta’minlash, xalqona aytganda “vatanli qilish” masalasiga doim alohida e’tibor qaratib keladi.

Xususan, 2024-yil 18-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida so‘zlagan nutqida ham “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish kerakligini ta’kidlagan edi. Bu qonunning qabul qilinishi 20 ming gektar yer maydonini tejab, 4,5 million aholini uy-joy bilan ta’minlash imkonini beradi.

So‘nggi 8-yil ichida mamlakatimiz shahar-u qishloqlarida qurilish, obodonlashtirish ishlari jadallashdi. Ushbu davrda O‘zbekiston aholisi 6 millionga ko‘payib, 37 milliondan oshdi, yarim millionga yaqin xonadonlar barpo etildi. Yaqin yillarda esa aholi soni 40 millionga yetishi kutilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, shunday o‘sish sur’atlarida yiliga 140-150 ming xonadonga talab paydo bo‘ladi. Bu esa har yili qo‘shimcha 2 ming gektar yer kerak degani. Lekin bilamizki, yer resursi, maydonlari cheklangan. 2024-yilda 100 ming xonadondan iborat ko‘p qavatli uy qurilgan bo‘lsa, bu yil 130 mingdan ortiq xonadon qurish reja qilingan.

Albatta, bunday vaziyatda dunyo tajribasidan kelib chiqib, renovatsiya dasturini amalga oshirish eng maqbul yechimlardan hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Renovatsiya — bu strukturaning yaxlitligini buzmagan holda uni yaxshilash, qayta qurish va tiklash jarayoni. Bu atama odatda qurilish sohasiga nisbatan qo‘llaniladi.

Hozirda respublikada 2-3 qavatli 17 mingta eski uylar mavjud. Ulardagi shart-sharoit bugungi zamon talablariga mos emas. Infratuzilma, ya’ni elektr, gaz, suv va boshqasi eskirgan, aksariyatida oqova tarmog‘i mavjud emas.

Ushbu uylarning o‘rniga davr talablariga javob beradigan, zamonaviy turar-joylar qurilsa, hozirgidan 3 barobar ko‘p aholi joylashish imkoniyati paydo bo‘ladi. Asosiysi, aholimiz qulay shart-sharoitlar va infratuzilmaga ega joylarda yashaydi.

Shu maqsadlarni ko‘zlab xorij tajribasi asosida “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Bo‘lib o‘tgan taqdimotda renovatsiya tizimining huquqiy, moliyaviy va tashkiliy tomonlari ko‘rib chiqildi.

Renovatsiya dasturlari 3 bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda:

Avval, shahar va tumanlarda renovatsiyaga mos hudud tanlanib, loyiha ishlab chiqiladi. Mulkdorlarga yangi uy yoki kompensatsiyalar taklif qilinadi. Barcha mulkdorlar bilan kelishuvlar yakkama-yakka, notarial tartibda tasdiqlanadi. Loyihalar uchun har bir hududda renovatsiya jamg‘armalari tashkil etiladi.  

Ikkinchi bosqichda renovatsiya dasturi hududiy va respublika kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, qurilish tashkiloti aniqlanadi.

Uchinchi bosqichda uy-joylar qurilib, foydalanishga topshiriladi.

Renovatsiyaga tushgan hududning iqtisodiy salohiyati oshishi shubhasiz. Chunki yangi uylarning pastki qavatlarida savdo, xizmat ko‘rsatish va kichik ishlab chiqarishlar bo‘ladi. Shuningdek, bu tizim orqali 20 ming gektar yer tejalishi hisob-kitob qilinganligi ta’kidlandi.

Xususan, birinchi bosqichda renovatsiya asosida 20 ming xonadon qurilishi mo‘ljallangan. 

Xorijiy tajribaga murojaat qilsak, Rossiya, Buyuk Britaniya,  Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Polsha, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur davlatlari qonunchilik tizimida renovatsiyani huquqiy tartibga solishga oid bo‘yicha hujjatlar mavjud. Ularda shu asosda ishlab chiqilgan dasturlarga ko‘ra, eskirgan uy-joylarni qayta tiklash, qurish, modernizatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Pekin, Braziliya, Yevropa davlatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya va boshqa ko‘plab davlatlar shaharlarining biz ko‘rib turgan qiyofasi renovatsiya dasturlari asosida shakllangan.

Renovatsiya dasturlarini amalga oshirishda davr va zamon talablarini to‘g‘ri tushungan holda hududlar imkoniyatlarini inobatga olib, tizimli yondashish zarur. Ushbu dasturlarni amalga oshirishdan maqsad aholini munosib turar-joylar bilan ta’minlash, hududlar iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlarini oshirish hisoblanadi.  

 

Anvarjon Mirkomilov,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i


O‘zbekiston


														
														2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025

														
														O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025

														
														Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025

														
														Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

“Joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali a…
12:17 / 01.07.2025

														
														DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025

														
														843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025

														
														Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025

														
														1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025

														
														Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025

														
														O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish…
14:43 / 30.06.2025

Bu ham qiziq

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
12:44 / 30.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025
Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!