$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Restoran biznesiga qoʻl urganlar uchun tajribali restoratordan “oltin” tavsiyalar

13:47 / 31.10.2022

Dunyoda hammaga ma’lum, kutilmagan, novatorlik biznes loyihalari bilan yuksak natijalarga erisha olgan ayollar talaygina. Biz bu sahifada ana shunday ayollardan biri – “Простые вещи” gastropablar va “CHEESE Connection” restoranlar tizimi asoschisi Irina Xodzinskayaning fikrlari bilan tanishtiramiz.

Oldin aniqlab oling: sizga restoran kerakmi?  

Ilgari restoran biznesi bilan shug‘ullanmagan odam bu ish unga qay darajada zarur ekanligini jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak. Bu sanoat juda antiqa: bundan ham osoni bo‘lar ekanmi. Axir, uyda ham taom tayyorlaymanku, do‘stlarni yig‘ib mehmon qilishni yaxshi ko‘raman, taom borasida hammasini tushunaman, haqiqiy restoran qanday ko‘rinishda bo‘lishi, qaysi narsa qanday joylashishi kerakligini tushunaman, deb o‘ylash mumkin. Lekin bu o‘ylaganingizdek emas, butunlay boshqa narsa. Restoran biznesi juda ko‘p detallardan tashkil topadi.  

Agar boshlash arafasida katta mablag‘ingiz bo‘lmasa, unda o‘zingiz taomlar va ularni tayyorlashni, gastronomiyani va uning nimalardan tashkil topishini, asl mahsulot qanday bo‘lishini, yaxshi bosh oshpazni qayerdan topishni, taomning ko‘rinishi qanday bo‘lishini yaxshi bilishingiz zarur. Odamlarni boshqarish, xizmat ko‘rsatish ilmini mukammal egallagan bo‘lishingiz shart.  Texnologik zanjir nima va u nimalardan tarkib topishini, oshxona qanday jihozlanishi kabi tasavvurlarni o‘zlashtirgan bo‘lishingiz lozim. Bar nima, vino nima, spirtsiz ichimliklar nima, birinchisi ikkinchisidan nimasi bilan farq qiladi, afzalliklari qanday – bularni to‘la tushunish va tushuntirish qobiliyatiga ega bo‘lish ham talab qilinadi.  Bundan tashqari, ajoyib boshqaruvchi va ma’lumotli huquqshunos ham bo‘lish kerak. Bu hali hammasi emas. Yana, har kuni xo‘randalar, xodimlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, bosh oshpazlar bilan ham o‘ziga yarasha muomala madaniyatini egallash shart. Sanab o‘tilganlardan birontasiga amal qilmasangiz, bilingki, ishingiz qumdan qurilgan uydek sochilib ketadi. 

Restoran haqida hamma narsani bilib oling 

Restoran biznesi bilan shug‘ullanish faqat ikkita holatda ma’qul. Birinchisi, siz haqiqatan ham bu ishni juda-juda sevasiz. Ikkinchisi, restoran ishini biznes sifatida qabul qilasiz: demak, sizning xodimlar bilan shug‘ullanuvchi, oshxonaga mas’ul bo‘luvchi, moliyaviy jihatni boshqaruvchi o‘z odamlaringiz, huquqshunosingiz va boshqalar jamuljam bo‘lgan jiddiy boshqaruv jamoangiz bor. 

Картинки по запросу "«Простые вещи» и ресторана CHEESE Connection."

Boshlang‘ich bosqichda hammasi murakkab tuyuladi. Men moliyaviy direktor bo‘lganimda 28 yoshda edim. Restoranlar haqida hech narsa bilmasdim, shuning uchun yuqorida qayd etib o‘tganlarimning hammasini tugal o‘rganib chiqishni boshladim. Juda ko‘p odamlar bilan uchrashdim, biznesni tushunishga intildim, ko‘rgazmalarga bordim. Har bir bandini chuqur o‘rganib, tahlil qilishga intildim. Agar maqsadni tasavvur qilib ko‘ra olsangiz va o‘zingizga ishonsangiz, to‘xtash kerak emas – olg‘a yurish va bajarish kerak.

Qonunlarni yodlab oling 

Gastronomiyani yaxshi tushunsangiz ham, restoran biznesi boshqa bizneslar kabi juda og‘ir tartibga ega ekanini yodda tutish kerak. Restoran bilan shug‘ullanishni boshlashdan oldin qonuniy asoslarini chuqur o‘rganib chiqish lozim. Shunday holatlar bo‘ladiki, bitta tekshiruvchi keladi va “Bu yerda shkaf turishi kerak”, deydi. Ikkinchi tekshiruvchi keladi va “Hammasi yaxshi, juda zo‘r, biroq bu yerda har qanday holatda ham shkaf turmasligi kerak”, deya e’tiroz bildiradi. Agar zarur bilimlarni to‘laqonli egallagan holatda restoran ishiga kirishsangiz va rejalasangiz, birorta tekshiruvchida, aytaylik shkaf haqida savol paydo bo‘lmaydi. Men birinchi o‘rinda qonun borligini unutmaslikni maslahat bergan bo‘lardim.

Muhim narsalardan pulni ayamang

Biz restoranimizni faqat o‘z pulimizga ochganmiz, hammasini o‘zimiz qilishga uringanmiz. Shuning uchun ham iqtisod qilishga intildik, ilgari ishlatilgan jihozlarni sotib oldik. Bu bizga pulni ratsional sarflashdek bo‘lib ko‘rindi: jihozlar yaxshi ishlatilyapti, bevosita ishlab chiqaruvchidan yangisini olganga qaraganda 2-4 baravar arzon. Aslida esa, bu ham xuddi avtomobil xarid qilgandek gap: mashinani sotib olasan, uni minib salondan chiqasan, 5 kilometr yurasan va u nima uchun 20 foiz arzon ekanligini ko‘rsata boshlaydi. Chunki, u ishlatilgan. 

Картинки по запросу "«Простые вещи» и ресторана CHEESE Connection."

Afsuski, professionallar oshxonasida bu sal boshqacharoq: bu yerda muhit xavfliroq. Agar muhandis bo‘lmasangiz, jihozning ichida nima borligini to‘la tekshira olmaysiz. Natijada, biz ishlatilgan texnikani sotib oldik va birinchi yilning o‘zidayoq ularning deyarli 90 foizni  muzlatgichimizning kompressori ishlamay qoldi. O‘sha paytda sotib olgan jihozlarimizdan hozirda bitta muzlatgich qolgan, xolos. Hammasini yangilaganmiz. 

Har kim o‘z vazifasini bajarsin 

Hozir bizning tizimda 5 ta restoran mavjud. Ularda, taxminan, 300 kishi ishlayapti. Men eng muhim xodimlarni tanlayman va muhim yo‘nalishlarga nomzod tanlash ishida qatnashaman. Men o‘z nazarimdagi yagona boshqaruv tamoyiliga amal qilaman: sen har qanday lavozimda bo‘lishingdan qat’i nazar boshliqqa nima qilishi kerakligini aytishga haqli emassan. Sen bu ishni qildingmi, o‘sha odam rahbar hisoblanmay qoladi. Agar sen o‘sha odam rahbar, bosh oshpaz kabi muhim vazifani uddalaydi, deb hisoblasang, boshidanoq unga to‘la ishon. Va hamma yechimlarni uning o‘zi topadi. 

Restoran standartini yarating

Agar sizda bittagina restoran bo‘lsa, uni ushlab turishingiz juda oson. Restoraningiz ikkita bo‘ldimi, tamom, hamma jarayonlarni boshqara olmay qolasiz. Xuddi ana shu vaqtdan boshlab standartlar tizimini yaratishga majbursiz. Ana shundagina har qanday jarayon sizsiz ham talab darajasida bemalol ishlaydi va istalgan paytda uning samaradorligini nazorat qilib, bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin.  

Картинки по запросу "«Простые вещи» и ресторана CHEESE Connection."

Shuning uchun ham bizda hech qanday gap-so‘zsiz standartlar amal qiladi – biz o‘zimizning ofitsiantlar maktabimizni tashkil qilganmiz va bu maktabga mutlaqo tajribasi yo‘q kishilarni (qayta o‘qitishdan ko‘ra noldan o‘rgatgan ancha qulay) qabul qilishdan boshlab, har bir yo‘nalishgacha ish standartlari va majburiyatlari yaratilgan. Konsepsiyamiz bor (u qog‘ozda bo‘lgani ma’qul, chunki 300 kishiga har kun bir xil narsani takrorlayverish imkonsiz), o‘zimiz yozgan darsliklarimiz bor – bunday ishlarimiz juda ko‘p.

Ikkinchi va uchinchi restoraningizni oching 

Kengaytirish haqidagi qarorni men juda oson qabul qildim. Odam ko‘nglida nimanidir istashi, aslida esa butunlay boshqa narsa bilan shug‘ullanishi mumkin. Biroq, bor kuchingni, imkoniyatingni, g‘oyalaringni shug‘ullanayotgan ishingga qaratsang, albatta, natijasi bo‘lar ekan. Natija ham shunchaki emas, a’lo darajada. Chunki bu loyihani bu shaharda birinchi bo‘lib sen boshlagansan va butun shahar ana shu haqida so‘zlaydi. Nazarimda, ana shunday natijadan keyin bu ishni davom ettirishni istamaydigan bironta odam topilmasa kerak. Yangi nimanidir yaratish – bu shaxsiy “men”ingning timsolidir. 

Sizgacha bo‘lmagan narsani toping  

Men yangi tashkilot konsepsiyasi ustida ishlay boshlar ekanman, juda oddiy g‘oyaga amal qilaman: biz hamma vaqt shahrimizda mutlaqo bo‘lmagan yoki juda kam bo‘lgan narsa haqida bosh qotiramiz. O‘n bir yil oldin shahrimizda mening sevimli jumlamga (“qimmat va ehtimol mazali yoki arzon va yeb bo‘lmaydi”) mos kelmaydigan bittagina restoran bor edi. Biroq bu restoran bir necha million aholiga ega shahar uchun yetmaydi.

Biz Moskvada ilk bor gastropab ochdik. Bu – mavsumiy mazali, gastronomik ishonchli va uncha qimmat bo‘lmagan restoran. Undan keyin Moskvada ilk bor vinoteka ochdik. “Простые вещи New Vintage”ni ochganimizda biznikidek bar butun shaharda yo‘q edi. Undan keyin pishloqqa asoslangan taomlar tayyorlaydigan (u ham shaharda birinchi edi) restoran ochdik. Ayni vaqtgacha mavjud bo‘lgan g‘oyangni takrorlash – bu qiziq emas. Eng qizig‘i – yangilik yaratishda. 

Maktab yarating

9 yil oldin Moskvada dastlabki vinoteka ochganimizda, odamlar kirishardi va so‘rashardi: “Aroq bormi?” – “Yo‘q”, “Pivo bormi?” – “Yo‘q”. “E, unda biz ketdik”. O‘shanday paytlarda odamlarni to‘xtatib, ularga o‘z mahsuloting haqida to‘liq tushuntirish bersang, ular tushunishadi. Buyurtma ham berishadi. Va asta-sekin mijozga ham aylanib qolishadi. Xuddi texnikaning ishlash uslubini tushuntirgandek, mahsulotni ta’sirini ham tushuntira bilish lozim. 

Aynan tushuntira oladigan, o‘z ishini ustasiga aylanadigan xodimlarni tayyorlash maqsadida maktab ochdik. Ochgan maktabimizdan 5 yil mobaynida hech qanaqa foyda olmadik. Biznes rejamizda xuddi shu narsa ko‘zda tutilgandi. Yagona maqsadimiz: restoranlarimizda ishlaydigan malakali xodimlarni tayyorlash bo‘ldi. Maktabda bor-yo‘g‘i oltita dars o‘tilardi. Ularni to‘liq o‘zlashtirib olganlar istalgan restoranda samarali ish boshlab yubora oladi. Maktab yozda ta’tilga chiqadi. Sentabrdan maygacha parallel ravishda 6 kurs o‘qitiladi. 

Картинки по запросу "«Простые вещи» и ресторана CHEESE Connection."

Unutmang: vaqt o‘tishi bilan hammasi osonlashadi 

Biznes kengaygani sayin son ko‘rsatkichlari sifat ko‘rsatkichlari bilan almasha boshlaydi. Ilgari hammasini o‘z qo‘lim bilan amalga oshirishim, nazorat qilishim, tekshirishim va mustaqil bajarishim shart edi. Endi – tizim yo‘lga qo‘yildi. Katta, samarali boshqariladigan bir butun organizm paydo bo‘ldi. 5 ta restoranning har birida bo‘lish shart emas. Ko‘p vaqtingni ayni davrda sen uchun muhim va sevimli bo‘lib qolgan oxirgi loyihangga yo‘naltira olasan. Bu xuddi chaqaloqqa o‘xshaydi. Uni ma’lum vaqtgacha parvarishlash, nazoratda ushlash, tarbiyalash zarur. Ana undan keyin mustaqil hayotga qo‘yib yuborsa bo‘ladi. Ehtimol, o‘z vaqtimning 70 foizini men oxirgi ochilgan restoranga sarflasam kerak. Qolganlariga vaqtimning 30 foizi yetarli, chunki ularning ahvoli juda yaxshi. Ko‘ngildagidek. Albatta, men 5 ta restoranning ham tezkor boshqaruvi bilan shug‘ullanaman, ularda sodir bo‘layotgan har bir voqeaning mayda-chuyda tafsilotlarigacha xabardorman. Shunday bo‘lsa-da, bundan 11 yil oldin, dastlab ish boshlagan davrimga qaraganda biroz kamroq ishlayapman. 


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Toshkent viloyatida noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Toshkent viloyatida noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qo…
09:27 / 21.07.2025
Netanyaxu zaharlandi

Netanyaxu zaharlandi

Ma’lum qilinishicha, 20-iyulga o‘tar kechasi Netanyaxu o‘zini yomon his qila boshlagan.
10:18 / 21.07.2025
Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Ta’kidlanishicha, gidroenergetika loyihasini amalga oshirish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanmoqda, u qurili…
10:06 / 20.07.2025
Hollouey va Porye o‘rtasidagi BMF kamari uchun jang to‘liq davom etdi

Hollouey va Porye o‘rtasidagi BMF kamari uchun jang to‘liq davom etdi

Ushbu jang Dastin Pore uchun faoliyatidagi so‘ngisi edi.
10:45 / 20.07.2025
Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Hozirda shahar politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining yuzlab xodimlari voqea joyida bo‘lib turibdi
21:33 / 19.07.2025
Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Epitsentr Tinch okeani akvatoriyasida joylashgan.
15:22 / 20.07.2025
21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi
22:19 / 20.07.2025
Toshkentda avtobus yonib ketdi

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
14:18 / 20.07.2025
Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Tahmina Ikromova bu orada o‘zining zafarli odimlarini davom ettirmoqda
20:36 / 19.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!