“Orda.kz”ning xabar berishicha, Rim papasi Fransisk toshqindan jabr ko‘rgan Qozog‘iston aholisiga hamdardlik bildirib, ular uchun duo qilishga chaqirdi.
Fransisk 10-aprel kuni Vatikanda umumiy yig‘ilishda toshqindan aziyat chekkan qozog‘istonliklar haqida to‘xtalgan. Rim papasi katoliklardan Qozog‘istonda avj olgan tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlar uchun ibodat qilishni so‘radi.
U shuningdek, 2022-yil sentyabr oyida Qozog‘istonga tashrif buyurganini eslab, respublika xalqiga “ma’naviy yaqinlik” his qilishini bildirdi.
“Toshqin natijasida 90 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilinishga majbur bo‘ldi. Ushbu tabiiy ofat oqibatlaridan aziyat chekkanlar uchun duo qilishga chaqiraman”, - dedi Fransisk.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!