$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Rossiyada o‘zbek-xitoy vaksinasi tan olinadi

17:20 / 21.12.2021

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Regnum muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda koronavirus bilan bog‘liq global muammoni faqat xalqaro hamkorlik orqali hal qilish mumkinligini aytgan.

Ibrohim Abdurahmonov nashr muxbiri bilan suhbatda o‘zbek-xitoy vaksinasini Rossiyada tan olinishi bo‘yicha bayonotdan mamnun ekanligini ma’lum qilgan.

“Vaksinalar va sertifikatlarning o‘zaro tan olinishi, aslida, pandemiya hukm surayotgan dunyoda inqirozdan chiqishning yagona muqobil bo‘lmagan va maqbul yo‘lidir. Hech bir farmasevtika kompaniyasi insoniyatni zarur miqdorda mavjud vaksinalar bilan bir o‘zi ta’minlay olmasligi aniq, demak, kelajak xalqaro hamkorlik va sheriklikdadir. Global muammoni faqat global sa’y-harakatlargina hal qilishi mumkin, O‘zbekistonning unga nisbatan yondashuvi mutanosib va pragmatikdir. Biz o‘zining samaradorligi va xavfsizligini isbotlagan ZF-UZ-VAC2001 preparatini Rossiya siyosiy rahbarlarining yaqin vaqt ichida tan olish zarurligi haqidagi bayonotlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz”, – degan Innovatsion rivojlanish vaziri.

Shuningdek, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova vaksinalarni o‘zaro tan olish masalasi allaqachon kun tartibida ekanligini tasdiqlagan.

“Rossiya birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani yaratdi. Uning ortidan 2020-yilda O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda preparatni joriy qila boshladi. Hozir respublikada ham o‘zbek-xitoy vaksinasi, ham Rossiyaning Sputnik vaksinasi bilan faol emlash jarayonlari olib borilmoqda. Xorijiy vaksinaning Rossiya Federatsiyasi tomonidan tan olinishi ikki davlatda iqtisodiy tiklanish va ishbilarmonlik faolligini tiklash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi”, – degan vazir o‘rinbosari.


Bu ham qiziq

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025
29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025
Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi bunga rasmiy munosabat bildirdi.
09:53 / 28.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Endi chorak finalda “Fluminense” - “Al-Hilol” qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
09:39 / 01.07.2025
Toshkentda IIO xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda IIO xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi avvalroq boshqa bir fuqaroga tan jarohati yetkazgan.
15:01 / 28.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi “Benfika” — “Chelsi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqar…
09:30 / 29.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!