$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Salkam 300 nafar shaxsga noqonuniy ov tufayli chora ko‘rilgan

15:40 / 24.07.2024

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan noqonuniy ovning oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Reyd tadbirlari davomida “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi”ning Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bo‘linmalari tomonidan ov yo‘llanmalarining to‘liq qaytarilishi nazoratga olinmagani ma’lum bo‘ldi.

Natijada ovchilar tomonidan 2020–2022-yillar davomida jami 9690 ta ov yo‘llanmalari “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga zid ravishda foydalanilganidan so‘ng qaytarilmagan. Buning oqibatida ov yo‘llanmalaridan takroriy foydalanish hamda noqonuniy ov qilishga sharoit yaratib berilgan.

Ekologiya vazirligi Sirdaryo viloyati bo‘limi faoliyatini o‘rgangan. Natijada ov xo‘jaligining ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomasi amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrda tugagan bo‘lsa-da, xo‘jalik tomonidan 2023-yil davomida 25 ming bosh hayvonlarni ovlash uchun noqonuniy yo‘llanmalar sotilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi talablariga zid ravishda, 20 ta holatda mazkur xo‘jalik tomonidan sotilgan ruxsatnoma asosida ovchilar tomonidan taqiqlangan muddatlarda 49 ta yovvoyi qush ovlangan.

2023-yildagi nazorat tadbirlarida Respublika bo‘yicha ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq jami 997 ta holat aniqlangan va 995 nafar shaxsga nisbatan 1,7 mlrd so‘mlik choralar ko‘rilgan.

Bundan tashqari, 2024-yilning I va II choraklarida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 287 ta holatda 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilangan.

Ushbu qonun buzilishi holatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallar taqdim etilgan bo‘lib, bugungi kunda huquqiy baho berilmoqda.

Ma’lumot uchun, 28-fevraldan “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ov qilish muddati yakunlangan. Taqiq 15-avgustgacha davom etadi.


O‘zbekiston


														
														Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025

														
														“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025

														
														4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025

														
														Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025

														
														O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025

														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025

														
														1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025

														
														Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025

Bu ham qiziq

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

Kelajakda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi
20:42 / 02.08.2025
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu haqda tegishli kelishuv imzolandi
21:22 / 02.08.2025
1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025
Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025
Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!