$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

Samarqand shahri yana bir katta turnirga mezbonlik qiladi

19:56 / 20.09.2022

2022-yilning 23-25-sentabr kunlari Samarqand shahrida yengil atletika bo‘yicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro musobaqalarda 11 davlatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etadi. Ochiq turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari keladi. Ularga Malayziya, Tailand va Filippin sportchilari qo‘shiladi.

Sport musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya Qo‘mitasi va Yengil atletika federatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AK ko‘magida tashkil etiladi.

Samarqand shahridagi “Afrosiyob Arena” sport majmuasi yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga Jahon yengil atletika standartlari boʻyicha sertifikatlangan yangi yugurish yoʻlakchasi va uloqtirish sektorlari bilan tayyorlandi. Ochiq turnir stadion rekonstruksiyadan keyingi birinchi yirik tadbir bo‘ladi.

Sportchilar asosiy yugurish yo‘nalishlari bo‘yicha ham, texnik musobaqalarda ham – balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bolg‘a, o‘q otish va nayza uloqtirish bo‘yicha chiqish qiladi.

Yengil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi deyarli barcha yo‘nalishlar bo'yicha e’lon qilingan. Ishtirokchilar bilan stadionda V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suxrob Xo‘jaev, Farida Soliyeva, Nargiza Qo‘chqorova va Roksana Xudoyarovalar kuch sinashadi.

Musobaqaning uchinchi kuni “Save Aral – 2022” xalqaro xayriya poygasining navbatdagi bosqichi bo‘lib, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ikki mingdan ortiq ishtirokchilar Orol atrofidagi ekologik inqirozga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida o‘tkaziladigan “Save Aral” musobaqasini qo‘llab-quvvatlaydi.



														
														Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Yuz.uz xabar berdi.
13:20 / 11.04.2024

														
														Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.
12:06 / 01.04.2024

														
														Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
09:32 / 11.03.2024

														
														WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra, yangilangan reytingni e’lon qildi.
17:09 / 04.03.2024

														
														Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Jahon kubogining ikkinchi bosqichida navbatdagi saralash bahslari o‘tkaziladi.
16:13 / 23.02.2024

														
														Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro…
12:52 / 23.02.2024

														
														8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

Musobaqaning yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar bokschisi 12 ta vaznda ringga ko‘tarildi.
13:09 / 11.02.2024

														
														Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Doʻstmatov hozirda Bolgariyada tashkil etilayotgan “Strandja-2024” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
18:12 / 09.02.2024

														
														Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:50 / 09.02.2024

														
														Shu yili Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari namoyish etildi

Shu yili Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari namoyish etildi

2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari taqdim etildi.
16:47 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Amerika poytaxti markazida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘nlab namoyishchilar shaharning Markaziy ko‘chalari bo‘ylab …
09:49 / 02.05.2024
Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda.
10:42 / 02.05.2024
"O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi" bo‘yicha postlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

"O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi" bo‘yicha postlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Aniqlanishicha O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘lgan.
14:08 / 03.05.2024
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson 25 yil davomida 6,5 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.
12:41 / 03.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Shu bilan birga, norozilik namoyishlari uning yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga olib keldimi, degan…
09:28 / 03.05.2024
Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning qanday o‘tishi nonushtaga bog‘liq bo‘lgani sabab ham bu vaqtda nima iste’mol qilish muhim sanaladi. Siz tanovul qilg…
10:38 / 03.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024
Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Bu masalaning muammoligi shundaki, ortiqcha vazn ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
10:57 / 03.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!