Samarqandda ota o‘zining 3 nafar voyaga yetmagan farzandini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchiligi natijasida jahl qilib, undan o‘ch olish maqsadida 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 qiz va 1 o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirdi.
Shundan so‘ng, u ushbu oshxona pichog‘i bilan tanasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib o‘ziga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda u shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!