Toshkent shahar Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, 13-fevral kuni soat 14:38 da Olmazor tumani, Usta Shirin berk ko‘chasida joylashgan, ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 14:42 da yetib borib, yong‘in soat 14:46 da qurshab olinib, soat 14:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.
Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!