Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 7-oktyabr kuni Sankt-Peterburgning Kirov tumanida ishchining o‘limi holatlarini aniqlagan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Stachek prospektidagi 59-uyda joylashgan 7 qavatli binoning oxirgi qavatidan lift shaxtasiga qulab tushgan.
“Bu kapital ta'mirlash fondi buyurtmasi bo‘yicha lift uskunalari almashtiriladigan turar-joy binosi bo‘lib, jadval bo‘yicha, keyingi haftaning o‘rtalariga qadar eski jihozlarni demontaj qilish kerak bo‘lgan” – deyiladi xabarda.
O‘zbekistonlik erkak qattiq jarohat olgan va vafot etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!