$
12834.61 UZS
44.18
162.65 UZS
0.05
14662.26 UZS
175.82
33° Kechasi 20°

Saratonga chalingan va uni yengib o‘tgan mashhurlar

22:29 / 29.10.2022

Odatda, taniqli yulduzlarning hayotiga, ular ijrosidagi film premyeralariga, oilasi va do‘stlariga qiziqamiz, ularda hech qanday muammo, g‘am-tashvish bo‘lmasa kerak, deb o‘ylaymiz. Biroq, mashhurlarning hayotida ham kutilmagan falokatlar sodir bo‘ladi va ular hayot uchun haqiqiy, kinematik kurashga kirishadilar.

Saraton – dahshatli kasallik va kundan kunga uning qurbonlari ko‘payib bormoqda. U xorijiy qahramonlarimizni ham chetlab o‘tmadi. Ammo ular kasallikka yengilmadi va xuddi shu vaziyatda taslim bo‘lishga tayyor turganlar uchun chinakam namuna ko‘rsatdi. Quyida ular haqida ma’lumot beramiz.

Layma Vaykule

Layma Vaykulening muxlislari uning kasalligi haqida teleko‘rsatuv orqali bilib oldi, bu ko‘plab ayollar uchun ham ehtiyotkorlik ishorasi edi. Bu paytga qadar, bir nechta mashhurlar bunday kasallikni tan olishga jur’at qilishgan va ayollarni o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilishga undashgan.

Laymaning ta’kidlashicha, undagi saraton so‘nggi bosqichda aniqlangan va uning yashab ketishiga 20 foiz umid bor edi, xolos. U shoshilinch tarzda operatsiya qilindi, davolanish jarayoni uzoq davom etdi. Shundan keyin qo‘shiqchi bir necha bosqichlarni – dahshatli qo‘rquv, burchakda yashirinish va o‘zidan jirkanish, sog‘lom odamlarga hasad qilish, yaqinlarining yordamini qabul qilish zarurligini anglashni boshdan kechirganligini tan oldi.

“Hech narsa o‘zgarmadi, ammo ko‘p narsalarga, odamlarga munosabatim o‘zgardi”, – deydi Layma

Hyu Jekman

Yaqinda mashhur “Rosomaxa” o‘zining Avstraliyada o‘tgan bolaligi, teri saratoni kasalligiga yo‘liqqani haqidagi fikrlari bilan yaqindan o‘rtoqlashdi. Avstraliya uzoq vaqtdan beri ushbu kasallikka chalingan odamlar soni bilan yetakchilik qilib kelgan bo‘lsa-da, Jekman hech qachon quyosh nuridan himoyalovchi vositalardan foydalanmagan. Natijada, bu beparvolik aktyorga jiddiy xavf tug‘dirgan. 2013-yilda shifokorlar unga teri saratoni tashxisini qo‘yishdi.

Bundan tashqari, xotini uni burnidagi shubhali yarani tekshirtirish uchun shifokorga borishga majbur qildi. Natijada, Jekmanning yuzida saraton borligi aniqlandi! Aktyor uchun bundan ham yomonroq narsa bo‘lishi mumkinmi? Biroq, Xyu bu vaziyatga nisbatan jasorat va hazilona munosabatda bo‘ldi. Ya’ni, u muolajalardan so‘ng burnidagi dahshatli dog‘larni rasmga olib, ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylashtirdi.

U bu ko‘rinishidan uyalmadi, aksincha barchani – “Iltimos, menga o‘xshab ahmoqlik qilmang, tibbiy tekshiruvlarga ishonch hosil qiling. Men har uch oyda bir marta ko‘rikdan o‘taman va bu men uchun odatga aylangan”, – deya ogohlikka chaqirdi.

Sheron Osborn

Afsonaviy rok musiqachisi Ozzy Osbornning rafiqasiga ichak saratoni tashxisi qo‘yildi. Shifokorlar unga yashab qolish uchun bor-yo‘g‘i 30 foiz umid qolganligini aytishsa-da, u umuman sarosimaga tushmadi. O‘zining jasur fe’l-atvori va metin irodasi bilan tanilgan Sheron kasallikni yengish uchun qattiq kurash olib bordi.

Hozirda Sheron deyarli sog‘ayib ketgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuz minglab dollarni plastik jarrohlikka sarflagandan ko‘ra, sog‘likni tekshirtirib turish muhimroq. U 40 yoshdan o‘tgan barcha ayollarni muntazam ravishda kolonoskopiya tekshiruvidan o‘tishga chaqirmoqda.

“Ichak saratoni asta-sekin rivojlanadi, erta bosqichida aniqlangandan so‘nggina undan qutulish mumkin, – deb ta’kidlaydi Sheron. – Agar hech joyingiz og‘rimasa, bu organizmingiz sog‘lom ekanligini anglatmaydi. Og‘riq bo‘lganda esa kech bo‘ladi”.

Svetlana Surganova

Svetlana bolaligidan oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan aziyat chekib kelgan. Uning organizmi oddiy pyure va nonni ham ko‘tara olmas, unga jiddiy parhez qilish buyurilgan edi. Pediatriya yoki “Tungi snayperlar” guruhida faoliyat yuritish – bu ikkisidan qay birini tanlashga kelganda, Surganova san’at sohasini tanlagan.

Doimiy sayohatlar, qat’iy rejimning yo‘qligi va tartibsiz ovqatlanish uning ahvolini yana-da og‘irlashtirdi. Ammo qo‘shiqchi og‘riq kuchayguncha, uzoq vaqt davomida tashvishli alomatlarga e’tibor bermadi. Natijada, unga ichak saratoni tashxisi qo‘yildi.

Ikkita operatsiyadan so‘ng, shifokorlar uning qorin bo‘shlig‘ini ochib, naycha qo‘yishga majbur bo‘lishdi. Svetlana ushbu naychalar bilan qo‘shiq ijro etish, sayohatlar va fotosessiyalarda qatnashishni davom ettirdi. Hozirda qo‘shiqchi sog‘lom va kasallik xotiralarini unutgan bo‘lsa-da, hali ham sog‘ligiga jiddiy e’tibor qaratib keladi.

“Shuni aytgan bo‘lardimki, yoqimsiz muolajalarga qaramay, muntazam tekshiruvlardan o‘tib turishingiz kerak. Qo‘rquvingizni chetga surib, yiliga kamida bir marta ko‘rikdan o‘ting”, – deydi Svetlana.

Kayli Minoug

2005-yilda mashhur qo‘shiqchi Kayli Minougning ko‘krak saratoni bilan kasallanganligi aniqlandi. Bu xabar omma orasida shov-shuvga aylandi.

Ammo bu ko‘rgulik, operatsiya va kimyoterapiya muolajalari avstraliyalik go‘zalning kayfiyatini tushirmadi. Aksincha, boshidan kechirgan qiyinchiliklar unga oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratishga, hayot bilan kurashish uchun yanada kuchli bo‘lishga yordam berdi.

Kayli ko‘krak saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zining shaxsiy fondini tashkil qildi. U xayriya ishlariga doimo o‘z hissasini qo‘shib keladi. Kayli barcha ayollarni kasallikka hech qanday imkoniyat qoldirmaslik uchun muntazam shifokor qabuliga borib turish zarurligini unutmaslikka undaydi.

Robert De Niro

Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan Gollivud aktyori Robert 60 yoshida dahshatli kasallikka duch keldi – unga prostata saratoni tashxisi qo‘yildi. Yaxshiyamki, aktyor profilaktik tekshiruvlarni e’tiborsiz qoldirmadi, shuning uchun o‘sma erta bosqichda topildi. De Niro radikal prostatektomiyadan o‘tkazildi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, De Nironing sog‘ligi tez orada tiklandi, chunki yoshi katta bo‘lishiga qaramay, u sport bilan faol shug‘ullanadi va eng muhimi – shifokorlardan qochmaydi, barcha zarur tekshiruvlarni o‘z vaqtida topshiradi.

Ben Stiller

Amerikalik mashhur komik aktyor Ben Stillerni baxtsiz hodisa bo‘yicha De Niroga qiyoslash mumkin. U ham muntazam tekshiruv paytida prostata saratoni haqida xabar topgan va haligacha hushyor bo‘lganligi uchun omadi borligini aytishdan to‘xtamaydi. Benning ta’kidlashicha, kasallik tashxisini eshitgach, u avvaliga qo‘rqdi, keyin o‘ylab qoldi – yashash uchun qanday kuch topish kerak?

“Shifokorim omon qolish imkoniyatlari, operatsiya qanday o‘tishi va qay birini tanlashni afzal bilishim haqida gapirardi, lekin men uning ovozi uzoqlashayotganini va qulog‘im eshitmayotganligini his etdim. Hamma narsa xuddi filmlardagi kabi edi…”, – deydi Stiller.

Muvaffaqiyatli operatsiyadan so‘ng, 51 yoshli aktyorning ko‘rinishi ijobiy. Biroq, o‘zgarishlar mavjud – hozirda Stillerning tibbiy ko‘rigi ikki baravar tezlashgan. U barcha erkaklarni uning hayotini saqlab qolgan prostata saratoni tekshiruvidan o‘tishga chaqirmoqda.

Maykl Xoll

Mashhur aktyor 2010-yilda limfoma (limfa to‘qimalarining saratoni)ga chalingandi.
O‘sha paytda u 39 yoshda bo‘lib, uning otasi ham xuddi shu yoshida prostata saratonidan vafot etgan edi. Xoll bu badbaxtlikni ko‘rib, qotil “manyak” rolini ijro etgani uchun taqdir intiqom oldi, deb o‘ylay boshladi.

U juda og‘ir daqiqalarni boshidan o‘tkazdi, qiyofasi o‘zgara boshladi, qoshlari, sochlari va kipriklari tushib, ozib ketdi. Xoll kasalligi haqida hech kimga aytishni istamadi, ammo yashirganining foydasi yo‘q edi. U bo‘lgan voqeani sahnada – 2010-yilgi “Aktyorlar gildiyasi” marosimida hammaga so‘zlab berdi.

Davolanishlar o‘z samarasini berdi. Endilikda aktyor leykemiya va limfoma jamoasining vakili bo‘lib, bemorlarning kayfiyatini ko‘tarish bilan shug‘ullanadi, yig‘ilishlarda nutq so‘zlaydi, fotosessiyalarda qatnashadi va doimo kurashishni davom ettirish kerakligini maslahat beradi.

 



														
														“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

Jahon premyerasi kuzga rejalashtirilgan.
12:23 / 05.07.2024

														
														Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

2023-yilda aktyor 27 yil davomida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Deborra Li bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi.
12:01 / 05.07.2024

														
														“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
16:10 / 04.07.2024

														
														“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

Bugun biz filmning asosiy qahramonlarini eslamoqchimiz va aktyorlar qanchalik o‘zgarganini ko‘rmoqchimiz.
12:25 / 28.06.2024

														
														Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Shunday filmlar ro‘yxatini sizga ulashamiz.
12:16 / 28.06.2024

														
														“Tansoqchi” filmi yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

“Tansoqchi” filmi yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

Aktyor yaqinda 90 yoshni qarshilagan edi.
12:07 / 28.06.2024

														
														“Shrek 5” 2025-yilda ekran yuzini ko‘radi

“Shrek 5” 2025-yilda ekran yuzini ko‘radi

Franshizaning beshinchi qismi bo‘yicha ishlar esa bir necha oydan beri davom etmoqda.
14:47 / 27.06.2024

														
														“Boshqotirma” multfilmining seriali ishlab chiqiladi

“Boshqotirma” multfilmining seriali ishlab chiqiladi

Multserial 2025-yilning bahorida Disney+ da namoyish etiladi.
16:39 / 26.06.2024

														
														“Oskar”ni qo‘lga kiritgan kino liboslari

“Oskar”ni qo‘lga kiritgan kino liboslari

“Oskar” tarixida sahna kostyumlari uchun mukofotni qo‘lga kiritgan bir nechta dizaynerlarni keltirib o‘tamiz.
16:35 / 26.06.2024

														
														Hande Erchelning yangi serialdagi partnyori kim?

Hande Erchelning yangi serialdagi partnyori kim?

Filmda aktyor Burak Deniz ham suratga tushadi. Ilgari ular “Malikam, endi qara” serialida birga ishlagan.
10:08 / 23.06.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

6-iyun, juma kuni O‘zbekistonning barcha masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi O‘zbeki…
20:20 / 02.06.2025
Namangan hududiga Qirg‘izistondan sel oqimlari keldi

Namangan hududiga Qirg‘izistondan sel oqimlari keldi

Soyning O‘zbekiston hududidan oqib o‘tuvchi qismi chegara hududi hisoblanib, ushbu hududda aholi yashash punktlari va ekin m…
19:41 / 02.06.2025
Farg‘onada fermer xo‘jaligi 1 mlrd 845 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

Farg‘onada fermer xo‘jaligi 1 mlrd 845 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

“HET” AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan barcha hududlarda muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalan…
12:53 / 03.06.2025
Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

Yirik firibgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarida qidiruvdagi shaxsning joylashgan o‘r…
21:33 / 02.06.2025
AQSh Rossiyaning Ukrainaga keskin javobini kutmoqda

AQSh Rossiyaning Ukrainaga keskin javobini kutmoqda

Bir necha kun avval Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasini doirasida keng ko‘lamli hujumlar…
15:56 / 03.06.2025
Toshkentda Damas urib yuborgan skuter haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkentda Damas urib yuborgan skuter haydovchisi halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoy…
09:55 / 03.06.2025
Rasman: pensiya va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

Rasman: pensiya va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar naf…
12:17 / 03.06.2025
O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025
O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul oqimi keskin oshdi

O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul oqimi keskin oshdi

Qozog‘iston Respublikasi milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonga xalqaro to…
18:49 / 01.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari pora bilan ushlandi

Farg‘onada bank mas’ullari pora bilan ushlandi

Ular fuqaro nomiga kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m talab qilgan.
09:17 / 02.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!