$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Yelisey saroyida Emmanuel Makron bilan muzokara o‘tkazdi

19:40 / 22.11.2022

Bugun Parijdagi Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar va munosabatlarni yuksak darajadagi keng qamrovli sheriklikka olib chiqishga kelishib oldilar.

Yetakchilar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan joriy yilda ikki tomonlama aloqalar jadal sur’at bilan rivojlanib borayotgani, keng siyosiy muloqot chuqurlashib, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlar o‘zaro ko‘maklashayotgani, parlamentlararo muloqot kengayganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Xavfsizlik sohasida, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlarga samarali qarshi kurashish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilgan holda qo‘shma loyiha va dasturlarni ko‘paytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tashrif arafasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlik tadbirlarining yakunlari, ularning doirasida umumiy qiymati 6 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan savdo-iqtisodiy bitim va shartnomalar imzolangan yuksak baholandi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishning ahamiyati qayd etildi. Tomonlar Samarqandda Fransiya alyansining filiallari ochilishini qo‘llab-quvvatladilar hamda joriy yil 27-28 -noyabr kunlari Parijda ikkinchi O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumining o‘tkazilishini olqishladilar. Fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Uchrashuv ochiq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Yakunda Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni o‘zi uchun qulay vaqtda tashrif bilan mamlakatimizga borishga taklif etdi.


Bu ham qiziq

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
03:38 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!