$
12964.43 UZS
-30.16
158.28 UZS
0.6
14744.45 UZS
-17.4
20° Kechasi

Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

21:11 / 09.04.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

So‘nggi sakkiz yilda mamlakatimiz aholisi 6 millionga ko‘paydi. Shu davrda yarim millionga yaqin xonadonlar barpo etildi. Jumladan, o‘tgan yili 100 ming xonadondan iborat ko‘p qavatli uy qurilgan bo‘lsa, bu yil yanada ko‘p – 130 mingdan ortiq xonadon reja qilingan.

Yaqin yillarda aholimiz soni 40 million nafarga yetishi kutilmoqda. Bunday o‘sishda yiliga 140-150 ming xonadonga talab paydo bo‘ladi. Bu har yili qo‘shimcha 2 ming gektar yer kerak, degani. Lekin yer maydonlari ham cheklangan.

Bunday holatda renovatsiya dasturi qo‘l keladi. Masalan, respublikada 17 mingta 2-3 qavatli eski uylar bor. Ulardagi sharoit, muhit bugungi zamonga munosib emas. Elektr, gaz, suv va boshqa infratuzilmalar eskirgan, ko‘plarida oqova tarmog‘i ham yo‘q. 

Shularning o‘rnida zamonaviy uylar qurilsa, hozirgidan 3 barobar ko‘p aholi joylashadi. Asosiysi, xonadonlarda yangi kommunikatsiya, issiq va sovuq suv, oqova tarmog‘i bo‘ladi. Odamlar ozoda, shinam va fayzli sharoitlarda yashaydi. Bu orqali minglab oilalarning turmush darajasi o‘sadi, muhimi, ular ushbu sharoitlarni ilk bor o‘zlari o‘sib-ulg‘aygan joyda his etishni boshlaydi.

Yana bir muhim tomoni – energiya tejamkorlik masalasi. Turar joylar yaxlit bo‘lsa, infratuzilma tarmoqlari, energiya kam sarflanadi.

Hozirgacha bu borada yagona hujjat yo‘q edi. Shu bois, xorijiy tajriba asosida, “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Taqdimotda renovatsiya tizimining huquqiy, moliyaviy va tashkiliy tomonlari ko‘rib chiqildi.

Bunday dasturlar 3 bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Avval, shahar va tumanlarda renovatsiyaga mos hudud tanlanib, loyiha ishlab chiqiladi. Mulkdorlarga yangi uy yoki kompensatsiyalar taklif qilinadi. Barcha mulkdorlar bilan kelishuvlar yakkama-yakka, notarial tartibda tasdiqlanadi. Loyihalar uchun har bir hududda renovatsiya jamg‘armalari tashkil etiladi.  

 Ikkinchi bosqichda renovatsiya dasturi hududiy va respublika kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, qurilish tashkiloti aniqlanadi. Uchinchi bosqichda uy-joylar qurilib, foydalanishga topshiriladi.

Renovatsiyaga tushgan hududning iqtisodiy salohiyati ham oshadi. Yangi uylarning 1-2-qavatlarida savdo, xizmat ko‘rsatish va kichik ishlab chiqarishlar bo‘ladi. Shuningdek, bu tizim orqali 20 ming gektar yer tejalishi hisob-kitob qilingan.

Xususan, birinchi bosqichda renovatsiya asosida 20 ming xonadon qurilishi mo‘ljallangan. 

Davlatimiz rahbari bunday loyihalarni, avvalo, u yerda yashovchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda, tizimli va adolatli amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda mutasaddilar, tuman hokimlari va ularning tegishli o‘rinbosarlari renovatsiya tartib-qoidalari va ishni to‘g‘ri tashkil qilish choralari bo‘yicha qo‘shimcha o‘qitilishi aytildi.

Renovatsiya hududlarini infratuzilma bilan ta’minlash, developer va quruvchi tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.


O‘zbekiston


														
														18-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja bo‘ladi.
22:03 / 17.04.2025

														
														Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

2025-yil 18–22-aprel kunlari Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaq…
20:57 / 17.04.2025

														
														O‘zbekiston va Ozarbayjon oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borishdi.
19:27 / 17.04.2025

														
														Bugun O‘zbekiston yoshlari final yo‘llanmasi uchun kurashadilar

Bugun O‘zbekiston yoshlari final yo‘llanmasi uchun kurashadilar

Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan U-17 Osiyo kubogining yarim final o‘yinlariga start berildi. Bugun bo…
18:47 / 17.04.2025

														
														Jizzax shahriga 8 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Jizzax shahriga 8 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Yil yakuniga qadar shaharga yana 52 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.
16:22 / 17.04.2025

														
														“Do‘stlik” chegara postida 45 kg narkotik ushlab qolindi

“Do‘stlik” chegara postida 45 kg narkotik ushlab qolindi

Dastlabki hisob-kitoblarga mazkur kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qora bozordagi narxi 40 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
16:11 / 17.04.2025

														
														O‘zbekistonda oliy ta’limga qamrov 40,9 foizga oshdi

O‘zbekistonda oliy ta’limga qamrov 40,9 foizga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasining 18-23 yoshdagi a…
15:25 / 17.04.2025

														
														Farg‘ona va Xitoyning Urumchi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona va Xitoyning Urumchi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

“Farg‘ona–Urumchi–Farg‘ona” yo‘nalishida aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
12:29 / 17.04.2025

														
														O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Joriy yilning 13-aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi tomonidan Istanbul metropolitenida ruxsatsiz tarzda turk fuqarosi bo‘lgan a…
12:21 / 17.04.2025

														
														O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan hududlari ma’lum qilindi

O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan hududlari ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublika bo‘yicha aholi zichligi 1 km² ga …
11:29 / 17.04.2025

Bu ham qiziq

18-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja bo‘ladi.
22:03 / 17.04.2025
Chet elliklar uchun “talaba vizasi” joriy qilinadi

Chet elliklar uchun “talaba vizasi” joriy qilinadi

Prezident tibbiyotda Andijon brendini yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.
21:00 / 16.04.2025
2027-yil Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

2027-yil Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Qirg‘iziston parlamenti 2027-yil 24-yanvarda navbatdagi prezident saylovi bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
20:10 / 16.04.2025
Qirg'izistonning sobiq prezidenti Atambayev aybdor deb topildi, biroq jazolanmadi

Qirg'izistonning sobiq prezidenti Atambayev aybdor deb topildi, biroq jazolanmadi

Qirg'izistonning Pervomay tumani sudi sobiq prezident Almazbek Atambayevni jinoyatchi Aziz Batukayevni qamoqdan ozod qilishd…
21:06 / 17.04.2025
Hasanboy Do‘stmatov Rossiyadagi turnirda ukasiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, musobaqa bilan xayrlashdi

Hasanboy Do‘stmatov Rossiyadagi turnirda ukasiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, musobaqa bilan xayrlashdi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston te…
21:54 / 16.04.2025
Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar to‘g‘ridan to‘g‘ri sotilishiga ruxsat beriladi

Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar to‘g‘ridan to‘g‘ri sotilishiga ruxsat beriladi

Bu haqda “Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘r…
10:53 / 17.04.2025
Qoraqalpog‘istonda 3,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan zapravka aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda 3,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan zapravka aniqlandi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
09:48 / 17.04.2025
Tramp Ukrainaga pul evaziga ham qurol sotmoqchi emas

Tramp Ukrainaga pul evaziga ham qurol sotmoqchi emas

Tramp Zelenskiyning 50 milliard dollarga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketalarini sotib olish taklifiga rad …
08:29 / 17.04.2025
AQSh Xitoy tovarlariga qo‘yilgan bojlarni 125 foizdan 245 foizgacha oshirmoqchi

AQSh Xitoy tovarlariga qo‘yilgan bojlarni 125 foizdan 245 foizgacha oshirmoqchi

Prezident Donald Trump, shuningdek, AQShning muhim minerallar importiga bog‘liq xavflarni o‘rganishni buyurdi. Vashington xo…
19:21 / 16.04.2025
17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
22:26 / 16.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!