Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Xiva gilam kombinatida bo‘ldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, umumiy qiymati qariyb 22 million dollar bo‘lgan ushbu korxona Samarqanddagi “Sam-Antep-Gilam” kompaniyasi tomonidan 2020-yilda tashkil etilgan, o‘tgan yili loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilgan. Kombinatga Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Shuningdek, 420 ta ish o‘rni yaratilgan.
Ta’kidlanishicha, bu yerda gilam, polipropilen ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ular AQSh, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.
Xususan, bu yil uchinchi bosqich – akril tolasidan kalava tayyorlash loyihasi amalga oshirildi. Natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 2,2 million kvadrat metrga yetdi. Mahsulotning 45 foizi chet elga sotilishi, yillik eksport 7 million dollardan oshishi kutilmoqda.
Prezidentlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini va shou-rumni ko‘zdan kechirgan.
Bundan tashqari, shu yerda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ham namoyish etilgan. Turdosh tarmoqlar mutasaddilariga tajriba almashish, savdoni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!