$
12768.26 UZS
-62.87
162.63 UZS
1.56
14400.04 UZS
-142.76
31° Kechasi 17°

Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi

12:25 / 03.04.2025

“Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitining ishbilarmonlik dasturi 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoning uchrashuvi bilan boshlandi.

O‘zbekistonning ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan keng ko‘lamli hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Ustuvor tarmoqlardagi qo‘shma loyihalar portfeli barqaror kengayib bormoqda. Bankning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyalari 5 milliard yevrodan oshdi, jumladan, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra qariyb 1 milliard yevroni tashkil etdi. Moliyaviy ko‘makning asosiy hajmi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha o‘rta muddatli Sheriklik strategiyasi samarali amalga oshirilmoqda. YTTB ekspertlari ko‘magida bank sohasini transformatsiya qilish va biznes uchun imkoniyatlarni kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Uchrashuvda loyihalarning ijrosi sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlar o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. Jarayonlarni maqbullashtirish va loyihalarni tayyorlashni tezlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan ta’lim, suv ta’minoti, maishiy chiqindilarni qayta ishlash kabi muhim yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

“Yashil” iqtisodiyot, uglerod chiqindilarini kamaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, ipoteka bozori, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va boshqa sohalardagi dastur va loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Joriy yil iyun oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

 


O‘zbekiston


														
														1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:15 / 31.05.2025

														
														O‘zbek bastakori Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi

O‘zbek bastakori Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi

Taniqli o‘zbek bastakori, kompozitor, pedagog va professor Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi.
21:44 / 31.05.2025

														
														O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning J…
20:55 / 31.05.2025

														
														O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

2025-yilda O‘zbekistonda ekologik toza materiallardan foydalangan holda bir nechta yirik turar-joy majmualari qurilishi bosh…
20:23 / 31.05.2025

														
														Rossiyalik deputat Sibirni o‘zbeklarning tarixiy yerlari deb atadi

Rossiyalik deputat Sibirni o‘zbeklarning tarixiy yerlari deb atadi

Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansi avtonom okrugi Dumasi deputati Xolid Tagizade Sibir xonligini esladi va mintaqani o‘zb…
19:17 / 31.05.2025

														
														Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlari savdosining oldi olindi

Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlari savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
09:13 / 31.05.2025

														
														31-may uchun ob-havo ma’lumoti

31-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:22 / 30.05.2025

														
														Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda P…
22:05 / 30.05.2025

														
														Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

“Toshkent metropoliteni” Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 …
21:41 / 30.05.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida isht…
19:54 / 30.05.2025

Bu ham qiziq

1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:15 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida isht…
19:54 / 30.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlari savdosining oldi olindi

Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlari savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
09:13 / 31.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Moskvaga tashrifi yakunida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi.
09:43 / 30.05.2025
Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

“Toshkent metropoliteni” Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 …
21:41 / 30.05.2025
Turkiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiy, Trump va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor ekanligini aytdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiy, Trump va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor ekanligini aytdi

Turkiya Rossiya federatsiyasi, Ukraina va AQSh rahbarlari Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy va Donald Trampning uchrashuvin…
21:07 / 30.05.2025
Rossiyalik deputat Sibirni o‘zbeklarning tarixiy yerlari deb atadi

Rossiyalik deputat Sibirni o‘zbeklarning tarixiy yerlari deb atadi

Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansi avtonom okrugi Dumasi deputati Xolid Tagizade Sibir xonligini esladi va mintaqani o‘zb…
19:17 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev qiyin jangda g‘alaba qozonib, WBA kamari uchun da’vogarga aylandi

Bektemir Meliqo‘ziyev qiyin jangda g‘alaba qozonib, WBA kamari uchun da’vogarga aylandi

AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
09:55 / 31.05.2025
30-may uchun ob-havo ma’lumoti

30-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
22:30 / 29.05.2025
Tramp Maskka “oltin kalit”ni topshirdi

Tramp Maskka “oltin kalit”ni topshirdi

Tramp Maskni “dunyoning eng buyuk biznes rahbarlari va innovatorlaridan biri” deb atadi.
10:30 / 31.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!