$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Shomurodov zaxirada qolib ketdi, Zoteyevda Koreya Kubogi

10:39 / 14.12.2021

Hozirda jahonning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishadi va deyarli har hafta klublari safida o‘yin o‘tkazishadi. Xabardor.uz yakunlangan haftada legionerlarimizning klublari safida o‘tkazgan o‘yinlarini tahlil qilib chiqadi.

Italiya
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodovning “Roma” klubi ichki chempionatdan tashqari Konferensiyalar Ligasida ham ishtirok etdi. Sofiyada SSKAga qarshi maydonga tushgan rimliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga qo‘shilgan Eldor uchrashuv so‘ngigacha faol harakat qildi, biroq gol urish unga nasib etmadi.
13 dekabr kuni esa Joze Mourino shogirdlari A Seriya doirasida “Spesiya”ga qarshi o‘yin o‘tkazib, 2:0 hisobida zafar quchishdi. Biroq bu o‘yinni "Shoma" zaxirada o‘tkazdi. Murabbiylar Eldor Shomurodovdan ko‘ra, Borxa Mayoralga imkon berishni ma’qul ko‘rishdi.

Rossiya
Joriy mavsumda RPLda ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi harakat qilmoqda. Mavsum boshida “Paxtakor”dan “Nijniy Novgorod”ga borib qo‘shilgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev asta-sekin Rossiya futboliga moslashib bormoqda. 20 yoshli qanot himoyachi jamoasi so‘nggi turda “Krasnodar” maydoniga safar uyushtirdi. O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Yo‘ldoshev to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi va klubining durang o‘ynashiga (0:0) katta hissa qo‘shdi.
“Ufa” sharafini himoya qilayotgan Oston O‘runov jarohati tufayli “Lokomativ”ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi. Moskvada kechgan bahsda ufaliklar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Janubiy Koreya
Janubiy Koreyada kamdan-kam uchraydigan holat yuz berdi, ya’ni quyi divizion vakili mamlakat Kubogini qo‘lga kiritib, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Quvonarlisi, “Chonnam Dragonz” sharafini himoya qilayotgan Oleg Zateyev Kubokdagi muvaffaqiyatda katta rol o‘ynadi. 32 yoshli futbolchi “Tegu”ga qarshi bahsni (4:3) to‘liq maydonda o‘tkazdi va jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.

BAA
Yana bir O‘zbekiston terma jamosi a’zosi Otabek Shukurovning “Sharja” klubi dam olish kunlari BAA Kubogi doirasida “Emireyts” maydoniga safar uyushtirdi va durang o‘ynadi. Markaziy yarim himoyachi uchrashuvda to‘liq, o‘z darajasida to‘p surdi.

Saudiya Arabistoni
Jaloliddin Masharipov to‘p suruvchi “Al-Nasr” klubi yangi murabbiy qo‘l ostida ilk uchrashuvini o‘tkazdi va Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “Al-Tai” maydonida 1:2 hisobida taslim bo‘ldi. Masharipov o‘yinni zaxirada boshladi va ikkinchi bo‘limda maydonga tushirildi. Aynan Masharipovning faolligi sababli, ar-riyodliklar so‘nggi daqiqalarda o‘zlarining yagona gollarini kiritishdi. 

Moldova
“Sherif” hujumchisi Jasur Yaxshiboyev olgan jarohatlari sababli, bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lmoqda.



														
														Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Yuz.uz xabar berdi.
13:20 / 11.04.2024

														
														Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.
12:06 / 01.04.2024

														
														Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
09:32 / 11.03.2024

														
														WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra, yangilangan reytingni e’lon qildi.
17:09 / 04.03.2024

														
														Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Jahon kubogining ikkinchi bosqichida navbatdagi saralash bahslari o‘tkaziladi.
16:13 / 23.02.2024

														
														Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro…
12:52 / 23.02.2024

														
														8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

Musobaqaning yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar bokschisi 12 ta vaznda ringga ko‘tarildi.
13:09 / 11.02.2024

														
														Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Doʻstmatov hozirda Bolgariyada tashkil etilayotgan “Strandja-2024” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
18:12 / 09.02.2024

														
														Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:50 / 09.02.2024

														
														Shu yili Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari namoyish etildi

Shu yili Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari namoyish etildi

2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari taqdim etildi.
16:47 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uning sochlarining uzunligi 257 santimetrga yetgan.
09:04 / 25.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Bu haqida “Aamaj News” xabar berdi.
11:52 / 24.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. U Isroil bos…
10:55 / 24.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024
Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
14:16 / 25.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!