$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Si Szinpin Saudiyada qirol Shayx Salmon bilan uchrashdi

09:08 / 09.12.2022

Kecha, 8-dekabr kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Ar-Riyoddagi qirollik saroyida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, Si Szinpin olti yildan so‘ng Saudiya Arabistoniga yana tashrif buyurganidan juda xursand ekanligini ta’kidlagan. U “Xitoy-Saudiya munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan muhim konsensus endi hamkorlikning aniq mevasiga aylanayotganidan xursandman”, – deya ushbu mamlakatga so‘nggi tashrifi tafsilotlarini esladi XXR raisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-Saudiya hamkorligi keng istiqbolga ega.

Si Szinpinga ko‘ra Xitoy Xalq Respublikasi Saudiya Arabistonini ko‘p qutbli dunyoning muhim kuchi, deb biladi va ushbu mamlakat bilan har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Shuningdek, u Xitoy Saudiya bilan strategik aloqalarni yanada mustahkamlash, turli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki davlat taraqqiyoti manfaatlariga xizmat qilish, dunyo tinchligi va barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, o‘z navbatida, Si Szinpinning mamlakatga 2016-yildagi muvaffaqiyatli tashrifini unutilmas, deb atadi.

Qirol Saudiya Arabistoni va Xitoy turli sohalardagi strategiya va hamkorlikni bog‘lashda ijobiy yutuqlarga erishganini aytdi. Tomonlar ko‘plab masalalarda muhim kelishuvga erishdi. Qirol Xitoyning manfaatlari Saudiya Arabistonining ham manfaatlari ekanligini alohida ta’kidlagan.

“Men Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qarataman va Saudiya-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari ikki davlatning do‘st xalqlari manfaati uchun uzluksiz rivojlanishini ta’minlash yo‘lida siz bilan birga ishlashga tayyorman. Bu mintaqa va butun dunyoda tinchlik, barqarorlik rivojiga foyda keltiradi”, – dedi Shayx Salmon.
Ikki davlat rahbarlari Xitoy va Saudiya Arabistoni o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi bitimni imzolab, har ikki yilda bir marta ikkala mamlakatda navbat bilan davlat rahbarlari uchrashuvini o‘tkazishga kelishib oldi. Shuningdek energetika sohasi bo‘yicha bir nechta muhim hujjatlar imzolangan.

Bugun, 9-dekabr kuni Xitoy rahbari Fors ko‘rfazi davlatlarining rahbarlari bilan uchrashadi.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!