$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Sirdaryoda band boʻlmagan yoshlar uchun qariyb 4 ming gektar yer berilib, 6 mlrd.soʻm miqdorida kreditlar ajratilgan

12:00 / 20.12.2021

Ayni paytda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayevning viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2021-yil yakunlari hamda 2022-yildagi dolzarb vazifalar toʻgʻrisida xalqqa murojaati boʻlib oʻtmoqda.

Unda Respublika va mahalliy OAV vakillari ham ishtirok etyapti. Bu haqda bevosita Sirdaryoda boʻlib turgan Xabardor.uz muxbiri xabar bermoqda. Murojaat doirasida viloyat hokimi kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadini koʻpaytirishga ham toʻxtatilib oʻtdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda viloyatda jami 608 ta oila hamda uning  2,4 ming nafardan ziyod aʼzolari kambagʻal deb hisoblanib, “Temir daftar”ga kiritilgan.

Bugungi kunda “Temir daftar”ga kiritilgan 1,5ming nafar mehnatga layoqatli aholining 1,4 ming nafari (94,8%) bandligi taʼminlangan.
Shuningdek, “Temir daftarda”gi ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan  1,8 mlrd.soʻmlik yordam koʻrsatilgan.

“Yoshlar daftari”dan chiqarilgan 19 ming 353 nafar (93,6 foiz) yoshlarning 7 ming nafari doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan, 7 729 nafariga 50 sotixdan jami 3 870 gektar yer maydonlari ajratilib, 2 102nafariga 6 mlrd. soʻmga yaqin imtiyozli kreditlar berilgan.

Yoshlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1 551 nafar yoshlarga oʻzini oʻzi band qilish uchun asbob uskunalar ajratilgan. 1 400 nafar yoshlarga turli koʻrinishdagi yordamlar koʻrsatilgan.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan12 381 nafarining bandligi taʼminlangan. Boquvchisini yoʻqotgan 2 985 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga 2,7 mlrd. soʻmlik moddiy yordamlar koʻrsatilgan.

2 417 nafar xotin-qizlarga 1,5 mlrd. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatilgan boʻlsa, 12 168 nafariga tibbiy, huquqiy maslahatlar va psixologik yordamlar koʻrsatilgan.

Keltirilishicha, Prezident topshirigʻiga asosan tashkil etilgan jamgʻarma hisobidan jami 36,8 mlrd. soʻm, shundan “Temir daftar” uchun 13,1 mlrd. soʻm, “Yoshlar daftari” uchun 12,1mlrd. soʻm va “Ayollar daftari” uchun 11,6 mlrd. soʻm orttirilgan mahalliy byudjet mablagʻlaridan ajratib berilgan.


Bu ham qiziq

Qashqadaryoda qalbaki alkogol savdosiga chek qo‘yildi

Qashqadaryoda qalbaki alkogol savdosiga chek qo‘yildi

Qashqadaryoda 750 dona qalbaki alkogol mahsulotlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
13:57 / 12.09.2025
Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda
20:19 / 11.09.2025
13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 12.09.2025
Benyamin Netanyaxu Falastin davlati tuzilishiga to‘sqinlik qilishga va’da berdi

Benyamin Netanyaxu Falastin davlati tuzilishiga to‘sqinlik qilishga va’da berdi

Ma’lum qilinishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin davlati tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bergan.
16:37 / 12.09.2025
Retsept talab qilinadigan dorilar uchun elektron retsept tizmi yo‘lga qo‘yiladi

Retsept talab qilinadigan dorilar uchun elektron retsept tizmi yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qarori bilan “Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlas…
17:52 / 11.09.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytaradimi?

O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytaradimi?

Bu haqda Afghanistan International manbalariga tayanib xabar bermoqda.
17:15 / 11.09.2025
Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025
Surxondaryo va Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Surxondaryo va Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
21:56 / 11.09.2025
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga “zagran” pasportsiz kirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga “zagran” pasportsiz kirishi mumkin bo‘ladi

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Rossiya fuqarolariga ichki pasportda…
09:48 / 12.09.2025
130 yoshli ayol O‘zbekistonning eng keksa insoni sifatida rasman tan olindi

130 yoshli ayol O‘zbekistonning eng keksa insoni sifatida rasman tan olindi

Farg‘onalik ayol O‘zbekistonning eng keksa fuqarosi deb tan olindi: u 1895-yilda tug‘ilgan.
15:20 / 12.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!