$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Sirdaryolik 19 nafar fermerga Misrga sayohat uchun yo‘llanma berildi

09:11 / 11.12.2023

Kecha “Zomin” tantanalar majmuasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni — “Hosil bayrami” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘z olgan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi va bu yilgi erishilgan natijalar, oldida turgan dolzarb vazifalar xususida to‘xtaldi.

Joriy yil viloyatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan jami 11 trln 218 mlrd so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 1 trln 936 mlrd so‘m ko‘p foyda olindi. Mirishkor dehqon va fermerlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlarning zahmatli mehnati, ilmiy yondashuvlari bilan 563 ming tonna g‘alla, 712 tonna pilla, 505 ming tonna meva-sabzavot, 331 ming tonna go‘sht va sut mahsulotlari, 136 mln dona tuxum yetishtirildi.

Ayniqsa, paxtachilikda erishilgan yutuqlar salmoqli bo‘ldi deyish mumkin. Paxtachilik klasterlari va fermerlar tomonidan 300 ming tonna yoki shartnomaviy rejaga nisbatan 111,2 foiz paxta xom ashyosi yetishtirildi. O‘tgan yilga solishtirganda o‘rtacha hosildorlik 4,2 sentnerga oshdi.

Investitsiya dasturlari doirasida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha 374 mlrd so‘mlik mablag‘lar hisobiga 188 ta loyihalar amalga oshirilib, 2 000 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Albatta, bularning tag zamirida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan birga, xalqimiz dasturxonini farovon qilishdek oliyjanob maqsad yotganligini bildirgan viloyat rahbari, kelgusi yilda ham ishlarni shunday qat’iyat, birdamlik bilan davom ettirishga tilak bildirdi.

Tadbirda soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda qishloq xo‘jaligi xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi”, “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi a’lochisi”, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni, “Sirdaryo viloyatining 60-yilligi” esdalik nishoni, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi. Shuningdek, eng ilg‘or 19 nafar fermerga Misr davlatiga sayohatga borish yo‘llanmasi taqdim etildi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!